06:59 / 07.08.2024
76

Parij—2024. Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev AQSH vakilini mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi

Parij—2024. Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev AQSH vakilini mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi
Foto: MOQ
Fransiyaning Parij shahrida yozgi Olimpiada bahslarida boks musobaqalari ham davom etmoqda.

-71 kg vazn toifasida harakat qiladigan Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev turnirdagi uchinchi jangini AQSH vakili Omari Jonsga qarshi o‘tkazdi.

Birinchi raund 4:1 hisobida Asadxo‘janing foydasiga hal bo‘ldi. Mo‘ydinxo‘jayev ikkinchi raundni ham o‘ziniki qildi.

Uchinchi raundda ham raqibidan ustun kelgan o‘zbekistonlik bokschi finalga yo‘l oldi.

Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev musobaqadagi ilk jangini misrlik Omar Elavadiga qarshi o‘tkazib, mutlaq ustunlik qilib g‘alaba qozongan edi. Ikkinchi jangda daniyalik Nikolay Terteryan taslim etilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Parij—2024. Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev AQSH vakilini mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi