
Frensis Ngannu navbatdagi jangini Renan Ferreyraga qarshi o‘tkazadi.
PFL Super Fight tituli uchun jang 19 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Unda Frensis Renanga qarshi ringga ko‘tariladi.

Jangning bo‘lib o‘tadigan manzili keyinroq e’lon qilinadi.
Ngannuning MMA qoidalari bo‘yicha so‘nggi jangi 2022 yilning yanvar oyida bo‘lib o‘tgandi. Unda Frensis hakamlar qaroriga ko‘ra Siril Gan ustidan g‘alaba qozongandi. Shundan so‘ng Ngannu boks qoidalari bo‘yicha janglarga kirishdi. Dastlab Tayson Fyuriga qarshi jang qilib, mag‘lub bo‘lgan bo‘lsa, Entoni Joshuaga qarshi ringga ko‘tarilib, nokautga uchragan edi.
Ferreyra esa fevral oyida Rayan Beyderni birinchi raundda nokautga uchratgan.
Frensis NgannuRenan FerreyraPFL Super FightMMA QoidalariJang ManziliTayson Fyuri O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar