Foto: “Daryo”
O‘zbekiston Professional futbol ligasi direktori Diyor Imomxo‘jayev “Daryo” muxbiri bilan suhbatda O‘zbekiston U-23 jamoasi a’zosi Jasur Jaloliddinov Olimpiada yo‘llanmasi uchun berilgan 30 ming dollar mukofot pulini kam deganiga munosabat bildirdi.
“Milliy jamoa sharafini himoya qilayotgan yigitlar, erkaklar, u qaysi sohada bo‘lmasin, menga bu pul kam, deyishi bu yomon tendensiya, uyat hisoblanadi. Bu yerda vatan uchun 5-10 million so‘mga ishlab yurgan odamlar bor. Futbolchilar o‘z futbol klubida yaxshi daromad oladi. Hukumat o‘zi loyiha yaratib, oxirida yutganida yana pul berilganida u kam deb o‘tiribdi. Bu hamma futbolchiga tegishli gap. Milliy jamoa murabbiyi bo‘lganimda, mukofot pulining kamligini muhokama qilgan odamni jamoaga chaqirmasdim”.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Olimpiya jamoasi Osiyo Kubogida finalga chiqishi ortidan Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Finalda Yaponiya qarshiligiga duch kelgan O‘zbekiston U-23 jamoasi 1:0 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi.
Olimpiadaga birinchi bor yo‘llanma olgan U-23 jamoasi Ispaniya (1:2) va Misr (1:0) olimpiyachilariga mag‘lub bo‘ldi. Dominikan Respublikasi bilan durang o‘ynagan O‘zbekiston U-23 jamoasi C guruhida so‘nggi o‘rinni egalladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Metabolizm sekinlashganining belgilari