Fransiya poytaxti Parij shahri mezbonlik qilayotgan yozgi Olimpiya o‘yinlarining yakkakurash turlari bo‘yicha musobaqalari o‘zbekistonlik uchun muvaffaqiyatli kechmoqda.
Dzyudodagi bitta oltin va ikkita bronza medaldan keyin taekvondo va boks bellashuvlarida ilk chempionlik tantana qilindi.
Boks bo‘yicha “Rio de Janeyro - 2016” o‘yinlarida 49 kilogramm vazn toifasida chempion va texnikasi eng kuchli bokschiga beriladigan Vel Barker kubogi sohibi bo‘lgan Hasanboy Do‘smatov oradan sakkiz yil o‘tib yana shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.
Bu gal o‘zbek boks maktabining yorqin vakili 51 kilogramm vazn toifasidagi janglarda qatnashib, saralash uchrashuvlarida Puerto-Riko vakili Xuanma Lopes De Xesusni, qozog‘istonlik Saken Bibossinovni, Kabo-Verdi bokschisi David De Pinani mag‘lub etdi.
Hasanboy finalda eski raqibi – fransiyalik Bilol Bennamaga to‘qnash keldi. O‘tgan yili Toshkentda o‘tkazilgan jahon chempionati finalida ham bu ikki charm qo‘lqop ustasi o‘zaro kuch sinashgan va o‘shanda Do‘smatov raqibini nokautga uchratgan edi.
Parij ringlaridagi jang ham Hasanboy Do‘smatovning katta ustunligi bilan yakunlandi va 31 yoshli bokschimiz ikki karra Olimpiya o‘yinlari g‘olibiga aylandi.
Britaniyalik taniqli ekspert Teylor O'Xiggins o‘zbekistonlik “Professor”ning bu tarixiy g‘alabasini e’tibordan chetda qoldirmadi.
- Amaldagi jahon chempioni Hasanboy Do‘smatov Parijda ikkinchi vazn toifasida Olimpiya o‘yinlari chempionligini nishonladi. Bu gal u hakamlarning yakdil qarori bilan Bilol Bennamadan ustun keldi.
O‘zbekning fantastik g‘alabasi va u vazn toifasidan qat’i nazar havaskorlar o‘rtasida birinchi raqamli bokschi ekanini yana bir karra isbotlab qo‘ydi.
Do‘smatov tabiatan kichik vaznli bokschi, bo‘yi hatto 51 kilogramm vazn toifasi uchun ham pastlik qilishi uning natijalarining qiymatini yanada ko‘taradi. Hatto uning Bennama yonida turganidagi farqqa bir e’tibor bering, - deb yozdi Teylor O'Xiggins.
Hasanboy Do‘smatov havaskorlar boksida barcha nufuzli musobaqalar g‘olibligini qo‘lga kiritib bo‘lgan. Xalqaro maydonda 2009 yildan beri natija ko‘rsatib kelayotgan andijonlik charm qo‘lqop ustasi ikki karra Olimpiya o‘yinlari g‘olibi, jahon chempionatlari va Osiyo o‘yinlarining oltin va kumush medallari sohibi, uch karra Osiyo chempioni hisoblanadi.
Hamyurtimiz 2016 yilgi Olimpiya o‘yinlarida eng zo‘r texnika egasi sifatida qo‘lga kiritilgan Vel Barker kubogini hamon o‘zida saqlab turibdi.
Hasanboy Do‘smatov bundan tashqari professional boksdagi faoliyatini ham boshlab yuborgan. Tajribali charm qo‘lqop ustasi professional orasida oltita jang o‘tkazib, barchasini o‘z foydasiga hal qilgan, beshta bahsda raqiblarini nokautga tushirgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?