16:27 / 12.08.2024
241

Oston O‘runovga bir qancha xorij klublaridan takliflar bo‘lmoqda

Oston O‘runovga bir qancha xorij klublaridan takliflar bo‘lmoqda
Xabaringiz bor, O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Oston O‘runov o‘tgan mavsum "Persepolis" bilan Eron chempioni bo‘ldi. Tehron klubi ayni damda yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Eron nashrlari so‘nggi paytlarda O‘runovni "Persepolis"ni tark etgani xaqida tinimsiz yozmoqda. Shu masalaga oydinlik kiritish maqsadida futbolchi bilan bog‘landik. Unga ko‘ra, Ostonga bir nechta arab klubi, BAA va Qatardan ham takliflar bo‘lgan. Nomi ochiqlanmagan jamoalar "qizillar" bilan shartnomani bekor qilishini so‘rab katta maosh taklif qilgan. Oston esa, Eronda o‘zini yaxshi his qilgani bois hech qayerga ketmoqchi emas.

Bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra forslar O‘runovga yangi, uzoq muddatli kontrakt taklif etmoqchi. "Persepolis" terma jamoamiz vingerini sotish borasida kelgan barcha takliflarni rad etdi.

Eslatib o‘tamiz, 23 yoshli futbolchi Qatardagi Osiyo kubogidan so‘ng Eron chempionatiga ko‘chib o‘tgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Oston O‘runovga bir qancha xorij klublaridan takliflar bo‘lmoqda