
Terens Krouford yarim o‘rta vazn toifasidagi WBO kamaridan mahrum bo‘ldi.
“Krouford bizning chempionimiz bo‘lganidan faxrlanamiz. U tarix yozishda davom etishini intiqlik bilan kutamiz.
Vaqtinchalik chempion Brayan Norman xuddi hamkasblari singari bunga haqqi bor. Krouford yarim o‘rta vaznda ortiq jang qilmasligini hisobga olsak, Norman to‘liq chempion maqomini qo‘lga kiritadi”, — deyiladi Butunjahon boks tashkiloti bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, 4 avgust sanasida Terens Krouford o‘zbekistonlik bokschi Isroil Madrimovga qarshi ringga ko‘tarilib, ochkolar hisobiga g‘alaba qozongan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar