15 va 19 avgust kunlari Superligada 16-tur uchrashuvlari o‘tkaziladi. Bu turda ham qizqarli va markaziy o‘yinlar bor. Quyida shu xususida so‘z yuritamiz.
15 avgust
18:00. “Metallurg” – “Neftchi”
Mezbonlar uchun navbatdagi final o‘yini. Mavsum boshidan beri g‘alaba nimaligini bilmay kelayotgan “Metallurg” garchi o‘tgan turda Jizzaxda “So‘g‘diyona”ga qarshi uchrashuvda bir ochkoni qo‘lga kiritgan bo‘lishiga qaramay, oxirgi o‘ringa tushib qoldi. Yo‘qotilayotgan har bir ochko bekobodliklarning zarariga ishlayapti. “Neftchi”ga qarshi bahsda mezbonlarga g‘alaba suv va havodek zarur. Maydonda qattiq jang bo‘lishi aniq. “Metallurg”ga natija muhimligini inobatga olsak, ular buning uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni amalga oshirishga tayyor. “Neftchi” esa bu o‘yinda faqat o‘z tajribasi evaziga nimagadir erishishi mumkin. Omad ham ko‘p narsaga bog‘liq.
20:15. “Olimpik” – “So‘g‘diyona”
Garchi Timur Kapadze “Olimpik” bosh murabbiyligidan ketgan bo‘lsa-da va qator o‘yinchilar ham jamoa bilan xayrlashganiga qaramasdan jamoa yangi iqtidorlar bilan chempionatni davom ettiryapti. O‘tgan turda “Lokomotiv” maydonida durang o‘ynab qaytdi. Bu turda esa “So‘g‘diyona”ni qabul qiladi. “Olimpik” hech qanday bosimlarsiz o‘z o‘yinini ko‘rsatishda davom etyapti. Ko‘pchilik ikkinchi davrada jamoani kuchsizlanganligini aytishgandi. Ammo Korostichenko va Jeparov boshchiligidagi “Olimpik” yomon ko‘rinmayapti. Doimgidek raqiblariga jiddiy muammolar tug‘dirishda davom etyapti. “So‘g‘diyona” bilan uchrashuv ham bundan mustasno bo‘lmasligi shuhbasiz.
16 avgust
19:00. “Dinamo” – OKMK
Samarqandda muxlislar kutgan o‘yin bo‘lib o‘tadi. O‘tgan turda Farg‘onada “Neftchi”ga qarshi o‘yinda “Dinamo” 4:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. OKMK esa ikkinchi davrani ketma-ket ikkita muhim g‘alaba bilan boshladi. Natijada Mirjalol Qosimov jamoasi ayni paytda “Nasaf” bilan teng ochko jamg‘arib musobaqa jadvalida qo‘shhokimlik qilyapti. Vadim Abramov jamoasi ochiq va hujumkor futbol namoyish etadi. OKMKga qarshi o‘yin shubhasiz tomoshabop tarzda o‘tishi shubhasiz. “Dinamo” ishtirokidagi bahsda istalgan natija ro‘y berishi mumkin.
20:00. “Qizilqum” – “Nasaf”
Qarshining “Nasaf” klubi shu kuni o‘z uyida mehmon sifatida o‘ynaydi. “Qizilqum” esa “Nasaf” maydonida nominal mezbon rolida maydonga tushadi. Bu ham o‘ziga yarasha qiziq. Bilasiz, “Qizilqum” klubi mavsum boshidan buyon o‘z uy uchrashuvlarini “Nasaf” maydonida o‘tkazib kelyapti. Bu safar esa “Qizilqum” uy stadion egasiga qarshi maydonga tushadi. Baribir “Nasaf” nominal mehmon bo‘lsa-da, “Ajdarlar”ning imkoniyati yuqoriroq baholanishi shubhasiz. Chunki uy egasini qo‘llash uchun qarshilik muxlislar ko‘p kelishi tayin. Shunday ekan, “Qizilqum”ga og‘ir bo‘ladi.
18 avgust
19:00. “Andijon” – “Surxon”
Ikkinchi davrani ketma-ket ikkita mag‘lubiyat bilan boshlagan “Andijon” bu turda “Surxon”ni qabul qiladi. “Burgutlar”ning o‘z maydonidagi har bir o‘yini haqiqiy bayramga aylanishini barcha yaxshi biladi. “Bobur arena”dagi fantastik muhit har bir raqibga qo‘shimcha muammolar tug‘dirishi aniq. “Surxon” o‘tgan turda “Qizilqum”ni mag‘lubiyatga uchratganini yaxshi bilasiz. Xomyakov jamoasi ikkinchi davrani ikkita mag‘lubiyat bilan boshlagani kutilmagan holat bo‘lgani tabiiy. Shunday ekan, “Burgutlar”ni o‘z maydonida o‘tadigan uchrashuvida g‘alaba qozonishi shart. “Surxon”ga qarshi bellashuv har jihatdan qiziqarli o‘tishi kutilmoqda.
20:15. “Paxtakor” – “Lokomotiv”
Chempionlik uchun kurashayotgan “Paxtakor” o‘tgan turda asosiy raqobatchilaridan biri “Nasaf” maydonida mag‘lubiyatga uchrab qaytdi. Yaralangan “Sherlar” endi Toshkent derbisida “Lokomotiv”ga qarshi maydonga tushadi. Rosti, hozircha “Loko” o‘zidan kutilgan natijani ko‘rsata olmayapti. Buni ularni turnir jadvalida egallab turgan o‘rnidan ham bilishingiz mumkin. Agar “Paxtakor” o‘z o‘yinini ko‘rsatib, o‘zlari xato qilib qo‘yishmasa “Paxtakor” bu imkoniyatni qo‘ldan chiqarib yubormasa kerak.
19 avgust
19:30. “Navbahor” – “Bunyodkor”
“Navbahor”ga Sergey Lushan bosh murabbiy etib tayinlangach, jamoa o‘yinida o‘zgarish bo‘lgani bilinyapti. To‘g‘ri, o‘tgan turda Olmaliqda OKMKga qarshi bahsda namanganliklar juda alamli tarzda mag‘lubiyatga uchradi. “Bunyodkor” esa 15-turga kelib chempionatdagi ikkinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Lekin “Navbahor” o‘z uyidagi bunday imkoniyatni qo‘ldan chiqarib yuborgisi kelmaydi va Lushan sobiq jamoasiga qarshi hozirgi jamoasini jangovar ruhda tayyorlashiga shubha yo‘q. U sobiq jamoasini kutyapti.
Shuhratbek Jo‘rayev.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi