17:48 / 15.08.2024
227

Razambek Jamalov: “Vatanimiz bayrog‘ini hamisha yuqori olib yurish uchun bor kuchim bilan kurashaman”

Razambek Jamalov: “Vatanimiz bayrog‘ini hamisha yuqori olib yurish uchun bor kuchim bilan kurashaman”
Parij Olimpiadasida g‘olib bo‘lgan erkin kurashchi Razambek Jamalov (74 kg) o‘zbekistonlik muxlislarga o‘zbek tilida murojaat qildi. Sportchi Instagram orqali post joylab sport muxlislari va mutasaddilarga minnatdorlik bildirdi.

Assalomu alaykum, hurmatli o‘zbek sporti muxlislari! Olimpiadadan oldin va bir necha kun davomida siz azizlarning tinimsiz qo‘llab-quvvatlashingizni, men uchun qayg‘urib muxlislik qilganingizni doim his qilib turdim. Muhtaram prezidentimiz bizga Olimpiadaga tayyorgarlik davomida barcha sharoitlarni yaratib berdilar va bu amalda o‘zining samarasini ko‘rsatdi. O‘zbekistonimizga yorug‘ yuz bilan, erkin kurash sportida siz azizlar uzoq kutgan oltin medal bilan qaytdik. O‘z oldimizga qo‘ygan maqsadlarni sidqidildan bajarib, barchangizni xursand qildik. Inshaallah, bundan keyin ham ishonchingizni oqlashga va vatanimiz bayrog‘ini hamisha yuqori cho‘qqida olib yurishga bor kuchim bilan kurashaman.

Men Parij—2024 Olimpiadasida yozilgan tarixning bir bo‘lagi ekanimdan faxrlanaman!
”, deb yozdi Jamalov.

Foto: Olympic

Foto: Olympic
Ma’lumot uchun, Razambek Jamalov 1998 yil 1 iyul kuni Dog‘istonda tug‘ilgan. 2024 yil fevral oyidan O‘zbekiston fuqaroligini qabul qilgan va shundan buyun terma jamoa sharafini himoya qilmoqda.

-74 kg vazn toifasida ishtirok etgan sportchi finalda yaponiyalik Daichi Takatanini mag‘lubiyatga uchratib oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Razambekning Olimpiadadagi muvaffaqiyatli ishtiroki UFC sobiq chempioni Habib Nurmagomedovni ham befarq qoldirmadi. Sportchi ijtimoiy tarmoq orqali Razambekni tabrikladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Razambek Jamalov: “Vatanimiz bayrog‘ini hamisha yuqori olib yurish uchun bor kuchim bilan kurashaman”