
Foto: Getty Images
Super yarim o‘rta vazn toifasida sobiq WBA chempioni Isroil Madrimov keyingi rejalari bilan o‘rtoqlashdi.
“Keyingi jangim ham kamar uchun bo‘ladi, faqat boshqa yo‘nalishda. O‘shanda Krouford jang tugaganidan keyin jamoasi bilan kelib, jang uchun rahmat aytgandi. Chunki u 8 yildan buyon 12 raundlik jang o‘tkazmagan edi. Keyingi janglarimga omad tiladi va iste’dodli ekansan, dedi.
U bilan faqatgina ringda raqibmiz, uning tashqarida esa yaxshi hamkasb bo‘lib oldik, desam ham bo‘ladi. Bu jangimda boshqalariga qaraganda o‘zimni ancha yaxshi his qildim. Balki, orzuimdagi jang bo‘lganligi uchun shunday bo‘lgandir”, — dedi Madrimov.
Eslatib o‘tamiz, Madrimovning Terens Kroufordga qarshi jangi 4 avgust kuni Los-Anjelesda bo‘lib o‘tgandi. Jang amerikalik bokschining ochkolar hisobiga (115-113, 115-113, 116-112) ko‘ra g‘alabasi bilan yakunlangan edi.
Isroil MadrimovKeyingi JangWBA ChempioniTerens KroufordBokschiYarim O‘rta Vazn O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing