SSKAning hujum chizig‘idagi samarali o‘yini ko‘p jihatdan Abbosbek Fayzullayevga bog‘liqligi bor gap. Buni “armiyachilar”ning so‘nggi ikki uchrashuvi misolida ham ko‘rish mumkin.
Rossiya Premer-ligasining oltinchi turida moskvaliklar o‘z maydonida liga debyutanti “Akron” darvozasiga yo‘l topishga qiynaldi. Ikkinchi bo‘lim boshlanishi bilan Abbosbek Fayzullayev hujumchi Tamerlan Musayevni o‘ta qulay pozitsiyaga chiqarib, hisobni ochishi uchun golli vaziyat yaratib berdi. Birinchi goldan keyin “armiyachilar” yana uchta to‘p kiritdi.
Rossiya kubogi o‘yinida ham shunga o‘xshash holat kuzatildi. Grozniy shahrida mahalliy “Axmat” mehmoni bo‘lgan SSKA futbolchilari mezbonlarning jiddiy qarshiligiga duch keldi. Marko Nikolich 64-daqiqada asosiy hujumkor futbolchilar – Abbosbek Fayzullayev, Ivan Oblyakov va Tamerlan Musayevni maydonga tushirdi. Ustunlik darrov mehmonlar tomoniga o‘tdi.
87-daqiqada Tamerlan Musayev hisobni ochgan bo‘lsa, o‘yin oxirida Abbosbek Fayzullayev bitta aniq pas bilan Danil Krugovoyni bo‘sh qolgan darvoza ro‘parasiga chiqarib qo‘ydi va uchrashuvdagi g‘alabani amalda ta’minlab berdi.
O‘yindan keyin Abbosbek Fayzullayevning harakatlari ham alohida tilgan olindi.
Danil Krugovoy, SSKA futbolchisi:
- Zaxira o‘yinchilari va asosiy tarkib vakillari o‘rtasidagi farq katta deya olmayman. Chunki hammamiz bir xil sharoitda, birgalikda mashg‘ulot o‘tkazamiz va eng yaxshi sifatlarimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz.
Bosh murabbiy harakatlarimizni kuzatib boradi va kerak paytda qo‘rqmay rotatsiya qila oladi. Biz zaxiradan maydonga tushib, jamoani kuchaytira oldik. Raqib ham bu paytga kelib, ancha toliqib qolgandi. Abbosbek Fayzullayev bilan ularning himoyasini qanotlardan hujum uyushtirish orqali ochdik. Safardagi o‘yin qiyin kechdi. Grozniyda o‘ynash ancha og‘ir.
Vladimir Ponomaryov, SSKA sobiq futbolchisi:
- SSKAdan ketgan Fyodor Chalov yana Rossiyaga qaytadi. U SSKAdan boshqa klubda o‘ynolmaydi. Bir marta Shveysariyada o‘ynab kelgandi, hech kimning e’tiborini qozona olmadi. U Yevropada hech kimga kerak emas. SSKAda ham yoki penalti tepib va raqib xatosidan gol urardi. Forvard sifatida menga umuman yoqmagan.
SSKAning hozirgi hujumchilari yaxshi ishlayapti. “Akron”ga to‘rtta gol urishdi va juda katta hajmdagi ishni bajarishdi. Yangi o‘yinchilardan Seku Koyta hali jamoaga kirishib keta olmadi, Rifat Jemaletdinov yaxshi yigit.
Abbosbek Fayzullayev yaxshi o‘yinchi, lekin hali yosh va jussasi kichik. Shuning uchun u doim serharakat va mehnatkash bo‘lishi talab etiladi. Bulardan farqli ravishda Chalov mehnatkash emas va uning o‘rnini to‘ldirish muammo bo‘lmaydi. Fyodorda boshlang‘ich tezlik ham, masofaga yugurish qobiliyati ham yo‘q. Jarima maydonchasida faqat raqib xatosini kutish forvardning ishi emas. Hujumchi to‘p bilan yugurishni bilish kerak.
Ta’kidlash joizki, Abbosbek Fayzullayev yangi mavsumni biroz bo‘sh boshladi va to‘rtta uchrashuvda o‘zini ko‘rsata olmadi. Biroq 20 yoshli hujumkor futbolchimiz sport formasini tiklab olishga ko‘p vaqt sarflagani yo‘q. SSKAning oxirgi ikki bellashuvida Abbosbek o‘z hisobiga ikkita assist yozdirib qo‘ydi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi