
Avtomat bog‘ichli texnologiyaga ega Nike HyperAdapt 1.0 krossovkalari sotuvi joriy yilning 28 noyabr kuni AQShda yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqida "Kun" nashri yozmoqda.
Burget belgilangan sanada krossovkalarning bu modelini Amerikaning bir necha Nike do‘konlaridagina xarid qilish mumkinligini ta’kidladi. Yangi sport poyabzalining bahosi hozircha noma’lum, biroq The Verge nashri krossovkalar narxi qimmat bo‘lishini taxmin qilgan.
20 sentyabr kuni Wired nashrida kompaniya xodimlari HyperAdapt krossovkalarini ishlab chiqarish haqidagi ba’zi ma’lumotlar bilan bo‘lishishdi. Krossovka leskadan yasalgan ichki "kabel tizimi" va taglikda (podoshvada) bosim datchigi bilan ta’minlangan. Tizim kerakli bosimni hisoblovchi algoritm asosida krossovkani qanday kuch bilan bog‘lash kerakligini o‘zi aniqlaydi. Foydalanuvchi poyabzalning "tili"da joylashtirilgan ikki tugma yordamida krossovka bog‘ichining tor yoki kengligini o‘zgartira oladi.
Albatta, bunday krossovkalar zaryadga muhtoj bo‘ladi. HyperAdapt'ning etakchi ishlab chiqaruvchilaridan biri Tiffani Birsning so‘zlariga ko‘ra, uch soatli zaryad ikki haftaga etadi. Batareyaning "o‘tirayotgan"ligini taglikka o‘rnatilgan svetodiodlardan bilish mumkin.
HyperAdapt 1.0 modeli ishlab chiqilayotganligi haqida 2016 yilning martida e’lon qilingandi. Unga qadar Nike bir necha marotaba avtomat bog‘ichli krossovka ishlab chiqarishga va’da bergan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar