11:50 / 01.09.2024
27

Terens Krouford Shahram G‘iyosovning vaznidagi yana bir kamaridan voz kechdi

Terens Krouford Shahram G‘iyosovning vaznidagi yana bir kamaridan voz kechdi
Amerikalik professional bokschi Terens Krouford yarim o‘rta vazn toifasidagi WBA chempionlik kamaridan voz kechdi. Bu haqda WBA tashkiloti xabar bermoqda.

Terens Krouford Butunjahon Boks Assotsiatsiyasining (WBA) super yarim o‘rta vazn toifasida chempion bo‘lib qolishga va yarim o‘rta vazndagi kamarini bo‘shatishga qaror qildi”, — deyiladi xabarda.

Tashkilotning ma’lum qilishicha, endilikda litvalik Eymantas Stanionis yarim o‘rta vazndagi yagona chempionga aylanadi. Mazkur vazn toifasida jang qiluvchi hamyurtimiz Shahram G‘iyosov ayni paytda WBA reytingida birinchi o‘rinni egallab, qoidasi bo‘yicha Stanionisning kamariga majburiy da’vogar bo‘lib turibdi.

Eslatib o‘tamiz, Terens Krouford hozirda super yarim o‘rta vazn toifasida WBA va WBO Interim kamarlari sohibi bo‘lib turibdi.

Ma’lumot uchun, Terens Kroufordning so‘nggi jangi Isroil Madrimovga qarshi bo‘lib o‘tgan va o‘sha jang amerikalik bokschining ochkolar hisobiga (115-113, 115-113, 116-112) ko‘ra g‘alabasi bilan yakunlangan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Terens Krouford Shahram G‘iyosovning vaznidagi yana bir kamaridan voz kechdi