22:55 / 02.09.2024
6

FIDE reytingi yangilandi. Nodirbek Abdusattorov yoshlar o‘rtasidagi yetakchilikni qaytarib oldi

FIDE reytingi yangilandi. Nodirbek Abdusattorov yoshlar o‘rtasidagi yetakchilikni qaytarib oldi
Jahon shaxmat federatsiyasi avgust oyi yakunlangach, o‘z reytingini yangiladi. Ushbu yangilangan jahon reytingida kuchli 100 likdan 5 nafar o‘zbekistonlik grossmeyster o‘rin oldi.

Foto: Championat
Reytingda Nodirbek Abdusattorov (2766) 6-o‘rinda qayd etildi. U avvalgi oydagi o‘rnidan bir pog‘ona yuqoriladi. O‘tgan oyda 7-o‘rinda qayd etilgan Nodirbek bu oydagi reytingda Gukeshni ikki ochko ortda qoldirdi. Javohir Sindorov (2677) avvalgi oyda 54-o‘rinda qayd etilgan edi, bu oyda u 52-o‘rinda qayd etildi.

Bundan tashqari, eng kuchli shaxmatchilar reytingida Rustam Qosimjonov (2685) ham o‘rin olgan. Tajribali shaxmatchi — 42-o‘rinda. Avvalgi oyda kuchli 72-o‘rinda qayd etilgan Nodirbek Yakubboyev (2666) 61-o‘ringa ko‘tarildi. 2650 reyting ochkosiga ega shaxmatchi Shamsiddin Vohidov 77-o‘ringa ko‘tarildi. U avvalgi reytingda 93-o‘rinda qayd etilgan edi.

Foto: Championat
O‘tgan oyda Nodirbek yoshlar o‘rtasidagi rasmiy reytingda 1-o‘rinni hindistonlik Gukeshga bo‘shatib bergan edi. Yangilangan reytingda Abdusattorov o‘z o‘rnini qaytarib oldi. Yana bir shaxmatchi Javohir Sindorov 5-o‘rinni egallab turibdi.

AQSHning Sent-Luis shahrida bo‘lib o‘tgan shaxmat bo‘yicha nufuzli Sinquefield Cup turnirida Nodirbek Abdusattorov 3-o‘rinni egalladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » FIDE reytingi yangilandi. Nodirbek Abdusattorov yoshlar o‘rtasidagi yetakchilikni qaytarib oldi