Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 5 sentyabr kuni Toshkentda Shimoliy Koreya terma jamoasi bilan "JCH-2026" musobaqasi saralashi doirasida maydonga tushadi. Aynan shu bahs orqali Okean ortida bo‘lib o‘tadigan mundial chiptasi uchun jang boshlanadi. Bugun, batafsil to‘xtalib o‘tadigan mavzularimiz ko‘p. Unda, navbati bilan boshladik.
Musobaqa formati qanday?
Ayni damda, saralashning 3-raundi start olish arafasida. Unga ko‘ra, 18 jamoa uch guruhga 6 tadan bo‘lingan xolda bahslashadi. O‘yinlar uy-safar formatida bo‘lib, har bir jamoa 10 tadan matchda ishtirok etadi, guruhlarda birinchi va ikkinchi o‘rinni egallagan jamoalar to‘g‘ridan to‘g‘ri mundial yo‘llanmasiga ega bo‘ladi.
3 va 4-o‘rinni egallagan jamoalar uchun 4-raundda ishtirok etish imkoniyati paydo bo‘ladi. Bunda 6 jamoa 2 ta guruhga 3 tadan jamoa sifatida bo‘linadi. O‘yinlar uyda-mehmonda ko‘rinishida bo‘lsada, bir davradan iborat bo‘ladi. Ya’ni, 2 ta o‘yinda masalani hal etish shart. 4-bosqichda o‘z guruhida birinchi o‘rinni egallagan jamoalar to‘g‘ridan to‘g‘ri "JCH-2026" ishtirokchisiga aylanadi.
5-bosqichda ishtirok etish uchun 4-raundda guruhda ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritish lozim.
Ana shunda, narigi guruhda ikkinchi o‘rinni egallagan terma jamoa bilan pley-off o‘yini o‘tkaziladi. Unda g‘olib chiqqan terma qit’alar aro tashkil etiladigan kichik musobaqada ishtirok etadi. 6 jamoadan iborat musobaqada Osiyo, Janubiy Amerika, Afrika va Okeaniyadan bittadan jamoa bo‘lsa, Shimoliy va Makraziy Amerikadan 2 jamoa ishtirok etadi. Ular o‘rtasida so‘nggi ikki yo‘llanma uchun kurash bo‘lib o‘tadi. 6 jamoa ichidagi eng reytingi baland jamoa raqibini hal qiluvchi o‘yinda kutib tursa, qolgan 4 ta jamoa ikki juftlikka bo‘lingan xolda bahs olib boradi. G‘alaba qozonganlar, raqibini kutib turgan reytingdagi baland termalar bilan hal qiluvchi o‘yinda maydonga tushadi. Bahs g‘olibi, JCHning so‘nggi ikki ishtirokchisi nomini aniqlab beradi.
Taqdir kulib boqdimi?
Agar vaziyatga real baho berilsa, "C" guruhidagi uchinchi jamoa - Saudiyadan ancha omadliroqmiz. Nafaqat raqiblar, balki lokatsiya masalasida ham "sahro lochinlari"ga oson bo‘lmaydi. "B" guruhidagi Iordaniya bilan ahvolimiz birdek ko‘rinishi mumkin, ammo emotsional bizdan chidamliroq, bosimga bardoshli va kerakli pallada "iflos" futbol o‘ynaydigan jismonan baquvvat arab o‘rtamiyonalaridan (Iroq, Iordaniya, Falastin, Ummon) bilan birgalikda saralashda bir bosh baland o‘ynaydigan Janubiy Koreyasi bor guruhdan ko‘ra, Yevropa futboliga o‘tayotgan Qatar va BAA, begona bo‘lmagan Qirg‘iziston va Eron terma jamoalari bor tomon afzalroqdek ko‘rinmoqda. Strategik va ruhiy holatimizdan kelib chiqib raqiblar to‘liq mos keladi deb ayta olaman. Qo‘shimchasiga, taqvim ham ancha qulay keldi. Ilk ikki turni (Toshkent va Bishkek)da g‘alaba bilan boshlaymiz.
Oktyabr oyidagi 2 uchrashuv ham o‘z maydonimizda bo‘ladi. Avvaliga Eron, keyin BAAni mehmon qilamiz. Yaxshi start uchun juda qulay taqvim. Ishonchli boshlab olsak, bu qolgan o‘yinlarda ijobiy impuls berishi tabiiy. Qo‘shimchasiga, asosiy ikki yo‘llanma uchun raqibimiz bo‘lishi taxmin qilinayotgan Qatar bilan so‘nggi turda (2025.06.10) Toshkentda to‘p suramiz. Bu ham so‘nggi turda jadvalga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatish imkoniyatiga ega o‘yindagi ustunligimizni ta’minlaydi. Qisqasi, guruh va taqvim masalasida omadimiz keldi.
Qaysar Katanes
Mister Srechko jamoa postiga kelganidan so‘ng ma’lum muddat tarkibda eksperimentlar o‘tkazdi. O‘z ro‘yxatini tuzayotganini aytgan Katanes ko‘p o‘tmay, bu yangi nomlarni sinab ko‘rishni sekin-astalik bilan to‘xtatdi. Insof yuzasidan aytish mumkin-ki, murabbiy ortda qolgan yillar davomida deyarli barchaga imkon berdi, biroq uning yakuniy ro‘yxati shakllangach, hech kimda o‘sha 23 talikka kirish imkoni qolmagandek taassurot qolmoqda. Shu bilan birgalikda, birorta o‘zbek futbolining bugungi katta nomlari e’tibordan chetda qolgani yo‘q. Asosan, legionerlarga suyangan Katanes allaqachon 5-2-3 (hujum chog‘ida 3-4-3) sxemasini "oq bo‘rilariga" singdirib ulgurdi. Shuningdek, vaziyatga taqozo etsa 4-2-1-3 bilan ham harakatlanishni ham yaxshi uddalayapmiz. Shuningdek, ikkinchi zonadagi pressing va jamaoaviy himoyadan chiqish (bild-ap)da ham o‘sish kuzatilgani yoqimli. Bundan tashqari, ikkinchi raqamda harakat qilish bobida progress kuzatilmoqda. Shunga qaramay, xavotirli faktorlar ham yo‘q emas. JCH saralash sikli bir hafta, yoki bir oy davom etmaydi. U bir yildan ortiq vaqt (3 bosqichni o‘zi) ichida bo‘lib o‘tadi.
Bugungi Katanes qurgan futbol to‘liqligicha ijrochilarga suyangan xolda tuzulgandek tuyulmoqda. Shomurodovsiz terma qanday holatga kelib qolishini Qatardagi qit’a birinchilikda ko‘rdik. Tasavvur qiling, sariq kartochkalar yoki jarohat (xudo ko‘rsatmasin) Odil Hamrobekov (bild-ap uchun javobgar) yoki Abbosbek Fayzullayev (ikkinchi bo‘limda agressiya qo‘shuvchi asosiy joker karta) o‘yinda ishtirok eta olmasa, bu omil terma jamoaning o‘yiniga keskin ta’sir ko‘rsatadi. Ya’ni, bizda o‘yin falsafasi ijrochilar mahoratidan kelib chiqqan xolda qurilgan bo‘lib, kimnidir yo‘q ekanligi, nimanidir yaxshi ishlamasligiga olib keladi. Bu haqida juda ko‘p fikr bildirilganiga qaramay, qaysar murabbiy o‘z qarashini o‘zgartirgani yo‘q. Bu murabbiy tanlagan yo‘l va barchasiga o‘zi javob beradi. Hozircha, u boshqaruvidagi birorta o‘yinda jamoamiz sochilib ketmaganini hisobga olsak, ortiqcha tanqidga hojat yo‘qdek ko‘rinmoqda. Shu bois, shu omilni o‘zi bilangina cheklanamiz.
Ikki turda kimlarni imkoniyatidan foydalanishimiz mumkin?
Milliy terma jamoaning Sentyabr oyidagi o‘yinlar uchun e’lon qilgan 25 futbolchidan iborat ro‘yxati ko‘pchilikni xursand qilgani rost. Kichik tanaffusdan so‘ng Aziz Amonov, Bobir Abduholiqov va Akmal Mozgovoyni safga qaytgani kishini xursand qildi. O‘yinlarda qaydnomaga 23 futbolchi kiritiladi. Qolgan ikki futbolchi esa asosiy ro‘yxatdagilarda diskvalifikatsiya yoki jarohat bo‘lsa qaydnomaga kiritilishi mumkin.
Hozircha, bilishimiz kerak bo‘lganlari shu. Xulosalarni saralashning ikki o‘yinidan so‘ng, sekin asta chiqarishimiz mumkin. Yangi boshlanayotgan emotsional arg‘imchoq o‘yinlarda yigitlarga sabr va kuch quvvat tilab qolamiz. "Oq bo‘rilar"ni ovga chiqadigan payti keldi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Metabolizm sekinlashganining belgilari