
O‘zbekistonlik MMA jangchisi "mirko" nomi bilan mashhur Mirafzal Axtamovning navbatdagi jang sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi. Aslida yurtdoshimiz 8 avgust kuni AQSHning LFA promoushenida Jefrey Kreygga qarshi jang o‘tkazishi kerak edi. Biroq, raqibi kutilmaganda jarohat olib, bu jang qoldirilgandi.
Va nihoyat hamyurtimizning ushbu qoldirilgan jang sanasi ma’lum bo‘ldi. U 14 oktyabr kuni oktagonga ko‘tariladi. Biroq raqib o‘zgargan. U endi AQSH vakili The Guzman (Mergan) deb ataluvchi Sedrik Gunnisonga qarshi jang qiladi. Ushbu jang kechaning 2-markaziy jangi bo‘lib, yarim o‘rta vazn (77,1 kg) toifasida bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, Axtamovning rekordi 7-0-1 bo‘lsa, Gunnison 7-3 natija qayd etib turibdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar