Sherzod Namozov va Husniddin Norbekov
Bugun, 6 sentyabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Parijda bo‘lib o‘tayotgan Paralimpiya o‘yinlarining keyingi kunlarida muvaffaqiyat qozongan sportchilarimiz bilan telefon orqali suhbatlashdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
«Dzyudochi Sherzod Namozov finalda raqibini mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalni qo‘lga kiritgan edi. Bu hamyurtimizning Paralimpiya o‘yinlaridagi ikkinchi chempionligi bo‘ldi.
Yengil atletika bo‘yicha yadro uloqtirish bahslarida Husniddin Norbekov 16.82 metr natija qayd etib, birinchi o‘rinni egalladi. Shu tariqa, u uchinchi bor Paralimpiya o‘yinlari g‘olibi bo‘lgan ilk o‘zbekistonlik sportchiga aylandi.
Davlatimiz rahbari suhbatda ularning irodali kurashlarini hayajon bilan kuzatganini, Vatanimizga navbatdagi oltin medallarni keltirganidan xursandligini ta’kidladi. Xalqimiz nomidan sportchilarni samimiy qutlab, ularning murabbiylari va ota-onasiga tashakkur aytdi.
Chempionlar yuksak e’tibor va doimiy qo‘llov uchun minnatdorlik bildirdi», - deyiladi rasmiy xabarda.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston delegatsiyasi yozgi Paralimpiya o‘yinlarida medallar sifati bo‘yicha o‘z tarixidagi eng yaxshi natijasini yangiladi. Parij shahrida XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlari yakuniga yetmagan bo‘lsa-da, O‘zbekiston delegatsiyasi ayni paytning o‘zidayoq 9ta oltin, 6ta kumush va 5ta bronza medal bilan o‘z tarixidagi eng yaxshi natijani yangilab ulgurdi. Vakillarimiz so‘nggi ikki turnirda 8tadan oltin medalga ega chiqishgandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi