Shavkat Mirziyoyev Javohir Sindorovni tarixiy g‘alaba bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Javohir Sindorovni tarixiy g‘alaba bilan tabrikladi
Qisqacha

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xalqaro shaxmat federatsiyasi Nomzodlar turniri g'olibi Javohir Sindorovni tarixiy zafar bilan tabrikladi. Davlat rahbari yosh grossmeysterning ushbu nufuzli musobaqada erishgan noyob natijasini yuqori baholadi va unga jahon toji uchun kurashda omad tiladi. Shuningdek, Prezident sportchining ota-onasi va ustozlarini ham ushbu yutuq bilan samimiy tabrikladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xalqaro shaxmat federatsiyasining Nomzodlar turniri g‘olibi Javohir Sindorov bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati maʼlum qildi.

Davlat rahbari yosh grossmeysterni O‘zbekiston shaxmat tarixida ilk bor mazkur nufuzli musobaqada g‘olib bo‘lib, haqiqiy tarixiy natija qayd etgani bilan samimiy tabrikladi.

Suhbat davomida taʼkidlanishicha, Javohir Sindorov turnirda ilgari hech kim yeta olmagan natijani ko‘rsatib, 13 ta partiyada 6 ta g‘alabaga erishgan. Bu esa shaxmat olamida kam uchraydigan o‘ta noyob yutuq sifatida baholandi.

Prezident yosh sportchi dunyodagi eng kuchli shaxmat ustalariga qarshi har bir bahsda yuksak mahorat, jasorat va iroda namoyon etganini alohida qayd etdi. Shu bilan birga, uni oldinda yana-da masʼuliyatli bosqich — jahon toji uchun kurash kutayotganini taʼkidlab, yangi zafarlar tiladi.

Shuningdek, 2026 yil Samarqandda bo‘lib o‘tadigan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasida Javohir Sindorovning ishtiroki jamoaga katta ruh va ishonch bag‘ishlashi aytildi.

Davlat rahbari ushbu tarixiy yutuq munosabati bilan shaxmatchining ota-onasi, ustozlari va yaqinlarini ham samimiy tabrikladi.

Javohir Sindorov esa bildirilgan yuksak eʼtibor va ishonch uchun Prezidentga chuqur minnatdorlik izhor qildi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar