
UFC ning yarim o‘rta vazn toifasidagi sobiq chempioni (77 kg) braziliyalik Gilbert Byornsning fikricha, sobiq divizion chempioni nigeriyalik Kamaru Usman navbatdagi jangida chempionlik uchun kurashmasligi kerak.
“Yigit ketma-ket uchta mag‘lubiyatga uchradi. Vaziyat qiyin, ammo Kamaru eng yaxshi jangchi edi. Kamar uchun kurashishdan oldin, u kuchli beshlikdagi qaysidir yigit bilan yaxshi jang qilib, chiroyli g‘alaba qozonishi shart", - deya Byornsning so‘zlarini keltirdi MMAJunkie.
Eslatib o‘tamiz, Usman "UFC 294" turnirida Hamzat Chimayevga ochkolar bo‘yicha yutqazib qo‘yganidan beri oktagonga chiqmadi. Bu mag‘lubiyat nigeriyalik uchun ketma-ket uchinchisi bo‘ldi, bungacha u ikki marta amaldagi chempion Leon Edvardsga mag‘lub bo‘lgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar