23:23 / 10.09.2024
133

Srechko Katanes Qirg‘iz Respublikasiga qarshi kechgan qiyin uchrashuvdan so‘ng nimalar dedi?

Srechko Katanes Qirg‘iz Respublikasiga qarshi kechgan qiyin uchrashuvdan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanes va bugungi uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi Eldo Shomurodov Qirg‘iz Respublikasiga (2:3) qarshi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida ishtirok etishdi.

"Futbolchilarim namoyish etgan o‘yindan qoniqdim va muhimi biz g‘alaba qozondik. Bunday "syurpriz" gollarni o‘tkazib yuborishimiz yaxshi emas, bunday gollar raqib jamoaga sovg‘a bo‘ladi. To‘g‘ri, biz birinchi bo‘lib gol o‘tkazib yubordik, ammo darhol javob qaytara oldik. Ayniqsa, Shomurodov o‘z goli bilan juda tez javob qaytardi. G‘alabaga loyiq edik deb o‘ylayman. Dastlabki ikki uchrashuvda maksimal natija qayd etdik va keyingi uchrashuvlarni katta ishtiyoq bilan kutmoqdamiz" - deya fikr bildirdi Srechko Katanes.

Eldor Shomurodov

"Birinchi navbatda asosiy vazifamizni bajardik va uch ochkoni qo‘lga kiritdik. Keraksiz gollarni o‘tkazib yubordik, lekin o‘yinga tez qayta oldik. Hali o‘yinlar ko‘p va xursand bo‘lishga hali erta. Birinchi bo‘limdan so‘ng yigitlar gaplashib oldik va e’tiborliroq bo‘lishga kelishib oldik. Ikkinchi bo‘limda esa hisobda oldinga chiqib oldik. Jahon chempionatiga chiqish uchun maksimal harakat qilamiz" - deya javob berdi Eldor Shomurodov bugungi uchrashuv haqidagi savolga.

- Ko‘p muhokamalarga sabab bo‘lgan maydon holati qanday ekan?

- Maydon holati juda yomon emas ekan. Biz bundan yomonroq maydonlarda ham o‘ynaganmiz. Ikki jamoa ham bugun bir xil maydonda o‘ynadi. Maydon ko‘pchilik aytganidek yomon emas edi.

- Bugungi uchrashuvda futbolchilar bir-birini yaxshi tushuna olmagandek hissiyot uyg‘ondi, ayniqsa birinchi bo‘limda ko‘p xatolarga yo‘l qo‘ydik. Ushbu holat haqida gapirib o‘tsangiz?

- Menimcha, biz e’tiborliroq bo‘la olmadik. O‘yindan oldin qiyin bo‘lishini bilardik. Raqib o‘z uyida o‘ynayotgani sababli, kuchli ishtiyoqqa ega edi. Birinchi bo‘limda gol o‘tkazib yubordik ham, muhimi o‘yinga qayta oldik va yakunda g‘alaba qozondik.

Srechko Katanes

- Qirg‘iziston terma jamoasi bugun yaxshi o‘yin namoyish etdi, ammo jamoangiz tezda javob bera oldi. Qirg‘iziston terma jamoasidan bunday kurashuvchan o‘yin kutganmidingiz?

- O‘yin avvalida keraksiz xatolarga yo‘l qo‘ydik. Bunga nima sabab bo‘lganini bilmadim, balki maydon holatidir yoki boshqa bir sabab. Bugun raqibga ko‘p marotaba "sovg‘a" ulashdik, keraksiz vaziyatlarda oddiy xatolarga yo‘l qo‘ydik. Bu bosqichda xatolarga yo‘l qo‘yishga haqqimiz yo‘q. Konsentratsiyani yo‘qotganimiz asosiy muammo bo‘ldi. E’tiborli bo‘lmasak, har qanday jamoa bizni jazolab qo‘yishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Srechko Katanes Qirg‘iz Respublikasiga qarshi kechgan qiyin uchrashuvdan so‘ng nimalar dedi?