00:30 / 11.09.2024
182

Italiyada O‘zbekiston g‘alabasi va Eldorning o‘yinini qanday baholashyapti?

Italiyada O‘zbekiston g‘alabasi va Eldorning o‘yinini qanday baholashyapti?
2026 yilgi jahon chempionatining saralash turniri doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi uchinchi bosqichning ikkinchi tur uchrashuvini o‘tkazdi.

Terma jamoamiz Qirg‘iz Respublikasi futbolchilari mehmoni bo‘lib, kambek evaziga 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. Birinchi bo‘limda qirg‘iz futbolchilari ikki bor hisobda oldinga chiqib olgandi. Mezbonlarning birinchi golidan keyin ikki daqiqa ichida Eldor Shomurodov javob to‘pini kiritdi.

Raqib birinchi bo‘lim o‘rtalarida O‘tkir Yusupov darvozasini yana ishg‘ol qildi. Tanaffus oldidan Husniddin Aliqulov hisobdagi farqni yo‘qqa chiqardi. Bellashuvning ikkinchi yarmida Oston O‘runov Eldor Shomurodovning ajoyib pasidan keyin supergol urib, terma jamoamiz g‘alabasini ta’minladi.

Ushbu uchrashuvda o‘z hisobga gol yozdirib qo‘ygan Eldor Shomurodov xalqaro miqyosda to‘purarlik bo‘yicha o‘z rekordini yana yangiladi. O‘zbekiston milliy terma jamoasida 75-o‘yinini o‘tkazgan hujumchimiz gollari sonini 41 taga yetkazib oldi.

Sports.uz portali Italiya manbalarining O‘zbekiston g‘alabasi va Shomurodovning o‘yinini qanday baholayotgani haqidagi ma’lumotlarni keltiradi.

SIAMOLAROMA.IT:

Eldor Shomurodov 2026 yilgi jahon chempionatining Osiyo mintaqasi saralash turnirida ham porladi.

“Roma” hujumchisi O‘zbekistonning Qirg‘iziston futbolchilari ustidan qozonilgan 3:2 hisobidagi g‘alabasida bosh rolni o‘ynadi va terma jamoaning asosiy ustunlaridan ekanini yana bir karra isbotlab qo‘ydi.

Shomurodov uchrashuvni ilk daqiqalardan boshlab, jamoasining g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi. U dastlab hisobni tenglashtirdi. Shuningdek, Oston O‘runovning hal qiluvchi goliga qulay pas berdi.

LAROMA24.IT:

Qirg‘iziston va O‘zbekiston terma jamoalari jahon chempionati saralash turnirida ikkinchi tur uchrashuvini o‘tkazdi. Hisobni 15-daqiqada Kodjo ochgan bo‘lsa, oradan ikki daqiqa o‘tib, “Roma”ning markaziy hujumchisi Eldor Shomurodov vaziyatni tenglashtirdi. U maydon ichkarisidan ajoyib pasni qabul qilib olib, aniq zarba bilan darvozabonni ojiz qoldirdi.

35-daqiqada Abdurahmonov yana mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Oradan 10 daqiqa o‘tib, Husniddin Aliqulov o‘zbekistonliklarda yangi umid uyg‘otdi – 2:2.

72-daqiqada Shomurodov tovoni bilan O‘runovga to‘pni aniq yetkazdi va g‘alaba golida ishtirok etdi. Eldor oxirgi daqiqalarda sariq kartochka oldi.

ROMAFOREVER.IT:

“Roma” futbolchilari o‘z mamlakatlari terma jamoalari safida turli uchrashuvlarda mahorat ko‘rsatmoqda. Paulo Dibala va Nikola Zalevskining o‘z termalaridagi ajoyib uchrashuvlaridan keyin Eldor Shomurodov ham ulardan qolishmasligini namoyish qildi.

Shomurodov O‘zbekistonning Qirg‘iziston bilan Bishkek shahrida kechgan bahsida to‘p kiritib, hisobni tenglashtirdi va g‘alaba goliga hammuallif bo‘ldi.

O‘zbek futbolchisining yuqori jismoniy tayyorgarligi “Roma” bosh murabbiyi Daniele De Rossining ishonchini oshirmoqda. Bundan keyin Shomurodovda klubda ham o‘zini ko‘rsatish imkoni bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Italiyada O‘zbekiston g‘alabasi va Eldorning o‘yinini qanday baholashyapti?