08:00 / 11.09.2024
38

Butunjahon shaxmat olimpiadasida 10 nafar o‘zbekistonlik shaxmatchi ishtirok etadi

Butunjahon shaxmat olimpiadasida 10 nafar o‘zbekistonlik shaxmatchi ishtirok etadi
Foto: UzChess
Vengriyaning Budapesht shahrida 45-Butunjahon shaxmat olimpiadasi 11 sentyabr, chorshanba kuni start oladi.

197 nafar erkaklar, 184 nafar ayollar jamoalari ishtirok etayotgan mazkur olimpiadada O‘zbekiston shaxmatchilar jamoasi har ikki guruhda mamlakat sharafini himoya qiladi. Turnir shveysarcha formatda 11 tur davom etadi.

Foto: UzChess
O‘zbekiston shaxmat erkaklar terma jamoasida Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov, Nodirbek Yoqubboyev, Shamsiddin Vohidov va Jahongir Vohidov ishtirok etmoqda.

Foto: UzChess
Qizlar terma jamoasida esa Afruza Hamdamova, Nilufar Yoqubbayeva, Umida Omonova, Marjona Malikova va Nodira Nodirjonova qatnashadi.

Musobaqa 22 sentyabr kuniga qadar davom etadi. Vaqt nazorati : Klassik. Har bir o‘yin boshida o‘yinchilarga 40 ta yurish uchun 90 daqiqa, 41-yurishdan o‘yin oxirigacha esa qo‘shimcha 30 daqiqa beriladi va har bir yurish uchun 30 sekund vaqt qo‘shib boriladi. Turnir shveysarcha formatda 11 tur davom etadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Butunjahon shaxmat olimpiadasida 10 nafar o‘zbekistonlik shaxmatchi ishtirok etadi