2026 yili AQSH, Kanada va Meksika mezbonlik qiladigan futbol bo‘yicha jahon chempionatiga chiqish uchun kurashayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi uchun Osiyo mintaqasi saralash musobaqasining hal qiluvchi uchinchi bosqichi muvaffaqiyatli boshlanganidan xabaringiz bor.
Bu bosqichda qit’aning eng kuchli 18 ta terma jamoasi uchga bo‘lingan holda kurashni davom ettirmoqda. Har bir guruhdan dastlabki ikki pog‘onani egallagan terma jamoalar to‘g‘ridan to‘g‘ri jahon chempionatiga yo‘llanma oladi. O‘z guruhida uchinchi va to‘rtinchi o‘rinni qo‘lga kiritganlar esa, to‘rtinchi bosqichda mundial yo‘llanmasi uchun kurashni davom ettiradi.
O‘zbekiston A guruhidan chiqish uchun Eron, Koreya Xalq Demokratik Respublikasi, Qirg‘iz Respublikasi, Birlashgan Arab Amirliklari va Qatar terma jamoalari bilan raqobatlashishi belgilangan. Dastlabki ikki turdan keyin Srechko Katanes shogirdlari guruhda birinchi o‘rinni egallab turibdi. Eronlik futbolchilar ham xuddi biz kabi 100 foizlik natija qayd etmoqda. Qolgan barcha terma jamoalar ochko yo‘qotib bo‘ldi.
Ikkinchi turda futbolchilarimiz Bishkekda Qirg‘iz Respublikasi terma jamoasi ustidan juda qiyin g‘alabaga erishdi. Futbolchilarimiz ikki bor hisobda ortda borib, yakunda kambek evaziga raqib darvozasiga uch marotaba yo‘l topa olishdi. Eldor Shomurodov dastlab hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, Oston O‘runovning g‘alaba goliga pas uzatib berdi. orada Husniddin Aliqulov ham o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.
Tahlilchilar va ekspertlar bu o‘yin borasida ham o‘z fikr-mulohazalarini bildirmoqda.
Danila Dachenkov, Setanta Sports eksperti va sharhlovchisi:
Samaradorlik bo‘yicha ancha yorqin o‘yin bo‘ldi. Ayniqsa, Oston O‘runov zo‘r o‘ynadi. Biz uni “Ufa” va “Spartak”dagi o‘yinlaridan yaxshi bilamiz, hozir Eronda to‘p tepyapti. Oston O‘runov va Eldor Shomurodov kabi charm to‘p ustalari O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi farqni ta’minlab turadi. Qirg‘izistonda bunaqa talantlar yo‘qligi ma’lum.
Bundan tashqari, Fransiyada o‘ynayotgan Abduqodir Husanovni ham hamma biladi. Eldor Shomurodov bu mavsum “Roma”da ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi kutilmoqda. Shuningdek, Osiyoning kuchli ligalarida ishtirok etayotgan futbolchilar bor.
Shu bois, O‘zbekiston juda iqtidorli va salohiyatli terma jamoa sifatida namoyon bo‘lmoqda.
Givi Djashi, rossiyalik futbol sharhlovchisi:
O‘zbekiston milliy terma jamoasi jahon chempionatiga chiqa oladimi? Chiqadi, deb o‘ylayman. Bu guruhda bitta kuchli raqib borligi tushunarli. Biroq O‘zbekiston terma jamoasida Yevropa klublarida o‘ynayotgan bir necha o‘yinchilar borligini inobatga olish kerak. Ular o‘z klublaridan futbol o‘ynash usullarini terma jamoaga olib kiradi.
Bu jamoa so‘nggi uchrashuvda 3:2 hisobida g‘alaba qozongani ham muhim ko‘rsatkich. Ular to‘p o‘tkazib yuborganiga qaramay, mag‘lubiyatni g‘alabaga aylantirib yuborishni uddalay oldi.
Oktyabr oyidagi FIFA kunlarida O‘zbekiston milliy terma jamoasi ikkita o‘ta muhim uchrashuvni o‘tkazadi. 10 oktyabr kuni hamyurtlarimiz hali ochko yo‘qotmagan va darvozasidan birorta to‘p o‘tkazib yubormagan Eron terma jamoasini Toshkentda qabul qiladi.
Oradan besh kun o‘tib, futbolchilarimiz guruhda uchinchi o‘rinni egallab turgan Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoasiga qarshi safarda to‘p tepadi. Mana shu ikki o‘yin ko‘p narsaga oydinlik kiritadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSH razvedkasi Putinning xorijdagi muxoliflari o‘ldirilishiga oid maxfiy hujjatlarni qisman ochiqladi
Shavkat Mirziyoyev «Yashil makon» umummilliy loyihasining yangi bog‘ida ko‘chat ekdi (foto)
Galaktikalar to‘qnashuvidan hosil bo‘lgan zarba to‘lqinlari Yerda ham sezildi
Shimoliy Koreya ballistik raketalar ishlab chiqaruvchi zavodini kengaytirmoqda
Shavkat Mirziyoyev Suma Chakrabarti bilan uchrashdi