Qozog‘istonning Ostona shahrida o‘tkazilayotgan Jahon ko‘chmanchilar o‘yinlarining ko‘pkari musobaqasi finali mojaro bilan tugadi.
12 sentyabr kuni hal qiluvchi bahsda Qozog‘iston va Qirg‘iziston ko‘pkarichilari bellashdi. O‘yin mezbonlarning 5:4 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Bellashuv asabiy ruhda o‘tib, mezbonlar vakili raqibini qamchi bilan urganidan keyin to‘polon va mushtlashuv tufayli to‘xtatib turildi.
Qirg‘iziston sportchilari taqdirlash marosimida kumush medallarini yechib tashlab, o‘z davlati bayrog‘ini baland ko‘tarib, sahnadan chiqib ketdi.
Keyinchalik, Qirg‘iziston ko‘pkari federatsiyasi finalda qayd etilgan natijaga norozilik shikoyatini yozdi. Ular bahsni boshqargan qozog‘istonlik hakam o‘z hamyurtlari foydasiga bir qancha bahsli qarorlarni qabul qilgan deb hisoblamoqda. Shuningdek, qirg‘izistonliklarga mahalliy huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan bosim bo‘lganini ta’kidlamoqda.
Jahon ko‘chmanchilar o‘yinlarida O‘zbekiston ham ishtirok etmoqda va 11 oltin, 12 kumush, 11 bronza medali bilan uchinchi o‘rinni egallab turibdi. Qozog‘iston terma jamoasi 33 oltin, 25 kumush, 28 bronza bilan peshqadamlik qilmoqda. Musobaqalar 13 sentyabr kuni yakunlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSH razvedkasi Putinning xorijdagi muxoliflari o‘ldirilishiga oid maxfiy hujjatlarni qisman ochiqladi
Shavkat Mirziyoyev «Yashil makon» umummilliy loyihasining yangi bog‘ida ko‘chat ekdi (foto)
Galaktikalar to‘qnashuvidan hosil bo‘lgan zarba to‘lqinlari Yerda ham sezildi
Shimoliy Koreya ballistik raketalar ishlab chiqaruvchi zavodini kengaytirmoqda
Shavkat Mirziyoyev Suma Chakrabarti bilan uchrashdi