20:30 / 13.09.2024
8

Futzal bo‘yicha JCH-2024 start arafasida: o‘yinlar taqvimi va asosiy ma’lumotlar

Futzal bo‘yicha JCH-2024 start arafasida: o‘yinlar taqvimi va asosiy ma’lumotlar
14 sentyabr kuni O‘zbekiston mezbonligida futzal bo‘yicha 2024 yilgi jahon chempionati start oladi. FIFAning yirik turnirlaridan biri Markaziy Osiyoda ilk marta mamlakatimizda o‘tkaziladi. Jahonning eng kuchli 24 jamoasi 22 kun davomida Toshkent, Andijon va Buxoroda o‘yinlarni o‘tkazib, futzal bo‘yicha jahon chempionligi uchun kurash olib boradi.

Foto: FIFA
Qachon va qayerda

FIFA tomonidan 10-bor tashkil etilayotgan musobaqa 14 sentyabrdan start oladi va 6 oktyabr kuni final bahsi o‘tkaziladi. Uchrashuvlarga Toshkent, Andijon va Buxoro shaharlari mezbonlik qiladi. Jahon chempionati o‘yinlari uchun chiqarilgan chiptalarni futsal2024.uz saytidan xarid qilish mumkin.

Musobaqa formati

Har bir guruhning eng yaxshi ikki jamoasi va uchinchi o‘rinni egallagan to‘rtta eng yaxshi jamoa pley-off bosqichiga chiqadi. Shundan so‘ng, nimchorak final, chorakfinal, yarimfinal, uchinchi o‘rin uchun pley-off va final o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

Jahon Chempionati g‘oliblari

Hozirgacha turnirda eng ko‘p marta Braziliya chempion bo‘lgan – 5 marta (1989; 1992; 1996; 2008; 2012 yillar). Ispaniya ikki karra chempion sanaladi (2000; 2004). 2016 yil Argentina g‘oliblikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, amaldagi jahon chempioni Portugaliya sanaladi. Ular 2021 yilgi JCH oltin medaliga ega chiqishgan.

O‘zbekiston milliy jamoasi guruhi va tarkibi

O‘zbekiston futzal milliy jamoasi bosh murabbiyi Xose Venansio Lopes jahon chempionati uchun yakuniy tarkibni e’lon qildi.

Jamoa sardori Dilshod Rahmatov jarohati sabab musobaqani o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi. Bungacha asosiy tarkib a’zolaridan Ravshan Eliboyev, Davron Choriyev va Sunnat Jo‘rayev ham jarohat olib, safdan chiqishgandi.

Milliy jamoamiz 2021 yil Litvada o‘tgan JCHda 1/8 finalda Eronga yutqazib (8:9), turnirni tark etgandi. Bu safar jamoa oldiga ushbu natijani yaxshilash vazifasi qo‘yilgan. O‘zbekiston joy olgan A guruhidan Niderlandiya, Paragvay va Kosta Rika o‘rin olgan bo‘lib, vakillarimizning birinchi o‘yini 14 sentyabr kuni Niderlandiyaga qarshi o‘tkaziladi.

O‘zbekiston milliy jamoasining JCH uchun tarkibi:

Darvozabonlar
Abbos Elmurodov
Sunnat Anvarov

O‘yinchilar
Ilhom Hamroyev
Mashrab Odilov
Fazliddin Botirov
Mehroj Xudoyberdiyev
Samariddin Berkinov
Husniddin Nishonov
Anasxon Rahmatov
Ixtiyor Ropiyev
Abror Ahmetziyanov
Elbek To‘lqinov
Akbar Usmonov
Muzaffar Ahadjonov

Taqvim

Taqvimga ko‘ra, futzal bo‘yicha jahon chempionati 52ta o‘yinni o‘z ichiga oladi. Toshkentdagi «Humo Arena»da 27ta uchrashuv o‘tkazilsa, Buxoro sport majmuasida 17ta, Andijon sport majmuasida esa 8ta o‘yin bo‘lib o‘tadi. O‘yinlar «Sport» telekanali va MTRK kanallari orqali namoyish etiladi.

A guruhi:
- O‘zbekiston
- Niderlandiya
- Paragvay
- Kosta Rika.

14 sentyabr, shanba. Toshkent
17:30. Paragvay - Kosta Rika

14 sentyabr, shanba. Toshkent
20:00. O‘zbekiston - Niderlandiya

17 sentyabr, seshanba. Toshkent
17:30. Kosta Rika - Niderlandiya

17 sentyabr, seshanba. Toshkent
20:00. O‘zbekiston - Paragvay

20 sentyabr, juma. Toshkent
20:00. Kosta Rika - O‘zbekiston

20 sentyabr, juma. Buxoro
Niderlandiya - Paragvay

B guruhi
- Braziliya
- Kuba
- Xorvatiya
- Tailand.

14 sentyabr, shanba. Buxoro
15:00. Xorvatiya - Tailand

14 sentyabr, shanba. Buxoro
17:30. Braziliya - Kuba

17 sentyabr, seshanba. Buxoro
17:30. Tailand - Kuba

17 sentyabr, seshanba. Buxoro
20:00. Braziliya - Xorvatiya

20 sentyabr, juma. Toshkent
17:30. Kuba - Xorvatiya

20 sentyabr, juma. Buxoro
17:30. Tailand - Braziliya

C guruhi
- Argentina
- Ukraina
- Afg‘oniston
- Angola

15 sentyabr, yakshanba. Toshkent
17:30. Afg‘oniston - Angola

15 sentyabr, yakshanba. Toshkent
20:00. Argentina - Ukraina

18 sentyabr, chorshanba. Toshkent
17:30. Angola - Ukraina

18 sentyabr, chorshanba. Toshkent
20:00. Argentina - Afg‘oniston

21 sentyabr, shanba. Toshkent
20:00. Angola - Argentina

21 sentyabr, shanba. Andijon
20:00. Ukraina - Afg‘oniston

D guruhi
- Ispaniya
- Qozog‘iston
- Yangi Zelandiya
- Liviya

15 sentyabr, yakshanba. Andijon
15:00. Yangi Zelandiya - Liviya

15 sentyabr, yakshanba. Andijon
17:30. Ispaniya - Qozog‘iston

18 sentyabr, chorshanba. Andijon
17:30. Liviya - Qozog‘iston

18 sentyabr, chorshanba. Andijon
20:00. Ispaniya - Yangi Zelandiya

21 sentyabr, shanba. Toshkent
17:30. Qozog‘iston - Yangi Zelandiya

21 sentyabr, shanba. Andijon
17:30. Liviya - Ispaniya

E guruhi
- Portugaliya
- Panama
- Tojikiston
- Marokash

16 sentyabr, dushanba. Toshkent
17:30. Portugaliya - Panama

16 sentyabr, dushanba. Toshkent
20:00. Tojikiston - Marokash

19 sentyabr, payshanba. Toshkent
17:30. Marokash - Panama

19 sentyabr, payshanba. Toshkent
20:00. Portugaliya - Tojikiston

22 sentyabr, yakshanba. Toshkent
17:30. Marokash - Portugaliya

22 sentyabr, yakshanba. Buxoro
17:30. Panama - Tojikiston

F guruhi
- Eron
- Venesuela
- Gvatemala
- Fransiya.

16 sentyabr, dushanba. Buxoro
17:30. Eron - Venesuela

16 sentyabr, dushanba. Buxoro
20:00. Gvatemala - Fransiya

19 sentyabr, payshanba. Buxoro
17:30. Eron - Gvatemala

19 sentyabr, payshanba. Buxoro
20:00. Fransiya - Venesuela

22 sentyabr, yakshanba. Buxoro
20:00. Fransiya - Eron

22 sentyabr, yakshanba. Toshkent
20:00. Venesuela - Gvatemala

1/8 final o‘yinlari:
24 sentyabr, seshanba. Buxoro
17:30. B-1 - A/C/D-3

24 sentyabr, seshanba. Toshkent
20:00. A-2 - C-2

25 sentyabr, chorshanba. Andijon
17:30. D-1 - B/E/F-3

25 sentyabr, chorshanba. Toshkent
20:00. A-1 - C/D/E-3

26 sentyabr, payshanba. Buxoro
17:30. F-1 - E-2

26 sentyabr, payshanba. Andijon
20:00. E-1 - D-2

27 sentyabr, juma. Buxoro
17:30. B-2 - F-2

27 sentyabr, juma. Toshkent
20:00. C-1 - A/B/F-3

Chorakfinal
29 sentyabr, yakshanba. Buxoro
29 sentyabr, yakshanba. Toshkent
30 sentyabr, dushanba. Buxoro
30 sentyabr, dushanba. Toshkent

Yarimfinal
2 oktyabr, chorshanba. Toshkent
3 oktyabr, payshanba. Toshkent

3-o‘rin uchun o‘yin
6 oktyabr, yakshanba. 17:30. Toshkent

Final
6 oktyabr, yakshanba. 20:00. Toshkent.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Futzal bo‘yicha JCH-2024 start arafasida: o‘yinlar taqvimi va asosiy ma’lumotlar