17:00 / 15.09.2024
38

Said Buzambu: "O‘zbekistonga qarshi o‘yinda penalti bor edi"

Said Buzambu: "O‘zbekistonga qarshi o‘yinda penalti bor edi"
Niderlandiya futzal terma jamoasi a’zosi Said Buzambu JCH-2024 1-turida O‘zbekistonga qarshi o‘yindan keyingi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Umuman olganda, bugungi o‘yin hissiyotlarim aralashib ketdi. Biz hisobda oldinga chiqdik, raqib tenglashtirdi. Yana oldinga chiqaverdik, yana hisob tenglashaverdi. Biz juda ko‘p imkoniyatlar yaratdik.

Penalti ishlagan vaziyatimiz juda tez sodir bo‘ldi. Sherigimdan to‘pni qabul qilib oldim, ular meni qulay vaziyatga olib chiqishdi. Shunda raqibdan kimdir sirpanayotganini ko‘rdim va zarba yo‘llamasdan uni chalg‘itdim. Zarba yo‘llash o‘rniga kutishni afzal ko‘rdim, u esa yiqildi. Men zarba yo‘llaganimda to‘p raqib futbolchisining qo‘liga tekkanini darhol payqadim. Agar VAR penalti belgilamaganda, g‘alati ish bo‘lardi.

Birinchi o‘yinda mag‘lub bo‘lmaslik muhim edi. Kosta-Rikaga qarshi o‘yinda ham o‘z kuchimizni namoyon eta olamiz. Bunga to‘liq ishonchim komil.

Bizda keyingi bosqichga chiqish uchun imkoniyat yetarlicha. O‘ylaymanki, o‘yindan o‘yinga kuchayib boramiz. Maqsadimiz — pley-offga yo‘l olish. Jamoadagi muhit ajoyib
", dedi Buzambu.

Oqil Abdubarnoyev tayyorladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Said Buzambu: "O‘zbekistonga qarshi o‘yinda penalti bor edi"