21:05 / 18.09.2024
26

Muhammad Chih: "O‘zbekiston Kosta-Rikaga qaraganda kuchliroq raqib hisoblanadi"

Muhammad Chih: "O‘zbekiston Kosta-Rikaga qaraganda kuchliroq raqib hisoblanadi"
Niderlandiya futzal terma jamoasi a’zosi Muhammad Chih Kosta-Rikaga qarshi o‘yindan keyin mikst-zonada o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Bugungi o‘yin biz uchun juda muhim edi. Keyingi bosqichga chiqish uchun mazkur bahsda g‘alaba qozonishimiz kerak edi. Guvohi bo‘lganingizdek, o‘yin 2:2 hisobida yakunlandi. Bizda ikki ochko mavjud va keyingi bosqichga chiqish imkoniyati hozircha juda murakkab. Endilikda keyingi bosqichga yo‘l olish uchun Paragvayga qarshi o‘yinda g‘alaba qozonishga tayyor bo‘lishimiz kerak.

Bugungi o‘yin yuqori tempda o‘tdi. Hisobni 3:1, 4:1 ko‘rinishiga keltirishimiz mumkin edi. Juda ko‘p imkoniyatlarga ega bo‘lgandik, biroq vaziyatlarni aniq yakunlay olmadik. Shu bois durang qayd etildi.

O‘zbekiston va Kosta-Rika bilan ham durang o‘ynadik. Menimcha, ularning ikkalasi ham teng kuchli jamoalar edi. Ammo O‘zbekiston xavfli vaziyatlar va burchak zarbalarini ko‘p yuzaga keltirdi. Ayniqsa, 8-raqamli futzalchi (Husniddin Nishonov — tahririyat) bizga ko‘p qiyinchilik tug‘dirdi. Kosta-Rika jismoniy jihatdan kuchli jamoa, biroq O‘zbekistonga qarshi o‘yin qiyinroq o‘tdi
", dedi Chih.

Eslatib o‘tamiz, Niderlandiya terma jamoasi jahon chempionatining ilk turida O‘zbekiston (3:3), 2-turda esa Kosta-Rika (2:2) bilan durang o‘ynadi. "Lolaranglilar" so‘nggi turni Paragvayga qarshi o‘tkazadi.

Oqil Abdubarnoyev suhbatlashdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Muhammad Chih: "O‘zbekiston Kosta-Rikaga qaraganda kuchliroq raqib hisoblanadi"