23:23 / 26.09.2024
17

Oktyabr oyida bo‘lib o‘tadigan Dmitriy Bivol va Artur Beterbiyev jangi haqida

Oktyabr oyida bo‘lib o‘tadigan Dmitriy Bivol va Artur Beterbiyev jangi haqida
Saudiya Arabistonida 12 oktyabr kuni yarim og‘ir vazn toifasida mutlaq jahon chempionligi uchun Artur Beterbiyev (WBC, WBO va IBF kamarlari sohibi) va Dmitriy Bivol (WBA kamari sohibi) jang qiladi.

Beterbiyev va Bivol 1 iyun kuni to‘qnash kelishi lozim edi, biroq Artur jarohat olgani bois, jang qoldirilgandi. Natijada, Bivol Malik Zinadga qarshi jang qilib, uni 6-raundda nokautga uchratdi.

Bivol 23 ta jangining 23 tasida g‘alaba qozongan (12 tasi nokaut bilan). Beterbiyev ham 20 ta jangining barchasida zafar quchgan.

Ar-Riyodning Kingdom Arena stadioni ushbu jangga mezbonlik qiladi. Avvalroq ushbu stadionda Fyuri—Ngannu, Fyuri—Usik janglari bo‘lib o‘tgandi. Shuningdek, Bivol, Entoni Joshua va Deontey Uaylder ham ushbu arenada jang qilgan.

Hozircha ushbu jangni O‘zbekistonda rasmiy translyatsiyasi haqida hech qanday ma’lumot yo‘q. ESPN+ hamda DAZN platformasida ushbu jangni tomosha qilish mumkin.

Foto: Getty Images
12 oktyabr kungi oqshomda jang qiluvchi juftliklar bilan tanishing:

- Artur Beterbiyev (20-0, 20 KO), Rossiya — Dmitriy Bivol (23-0, 12 KO), Rossiya
- Shakur Stivenson (22-0, 10 KO), AQSH – Jo Kordina (17-1, 9 KO), Britaniya
- Kris Yubenk (33-3, 24 KO), Britaniya – Kamil Sheremeta (25-2-2, 8 KO), Polsha
- Fabio Uordli (17-0-1, 16 KO), Britaniya – Freyzer Klark (8-0-1, 6 KO), Britaniya
- Jey Opetayya (25-0, 19 KO), Avstraliya – Jek Massi (22-2, 12 KO), Britaniya
- Ben Uittaker (8-0, 5 KO), Britaniya – Liam Kemeron (23-6, 10 KO), Britaniya
- Skay Nikolson (11-0, 1 KO), Avstraliya – Reyven Chapmen (9-0, 2 KO), Britaniya
- Muhammad Al-Oqil (0-0, 0 KO), Saudiya Arabistoni – Xesus Gonsales (3-2, 0 KO), Kolumbiya.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Oktyabr oyida bo‘lib o‘tadigan Dmitriy Bivol va Artur Beterbiyev jangi haqida
ePN