00:32 / 27.09.2024
19

Qozog‘iston futzal termasi ustozi: "Portugaliya jarima maydonchamiz tomonda ko‘plab hujumlar uyushtirishini va bunga sabr qilishimiz kerakligini bilardik"

Qozog‘iston futzal termasi ustozi: "Portugaliya jarima maydonchamiz tomonda ko‘plab hujumlar uyushtirishini va bunga sabr qilishimiz kerakligini bilardik"
Jahon chempionati nimchorak finalidan o‘rin olgan Portugaliya – Qozog‘iston (1:2) uchrashuvidan so‘ng qozog‘istonliklar bosh murabbiyi Rikardo Kaka mikst-zonada fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- O‘yin haqida
- Og‘ir o‘yin bo‘ldi. Portugaliya tartibli va yaxshi shakllangan jamoa ekanligi hech kimga sir emas. Jarima maydonchamiz tomonda ko‘plab hujumlar bo‘lishini va bunga sabr qilishimiz kerakligini bilardik. O‘yinning qaysidir qismida zavqlanib harakat qildik, qaysidir qismida esa juda katta qiyinchilikka duch keldik, ammo bunga chidab berdik va yakunda g‘alaba qozondik.

- Bugun Portugaliya yetakchilari – Erik, Bruno va Zikining o‘yini unchalik o‘xshamadi...
- Ehtimol, bu bizning o‘yinga tanlagan rejamiz ish berganidan dalolat bersa kerak. Ular o‘zlarini yaxshi tomonlama ko‘rsata olishmadi. Bu bo‘yicha uchrashuvni yana bir bor ko‘rib chiqibgina qandaydir xulosamni bildirishim mumkin. Umuman olganda, endi bu haqda o‘ylamasdan, oldinga qarab intilishimiz lozim.

- Jamoadagi yosh va tajribali o‘yinchilar o‘rtasidagi balans qanday yo‘lga qo‘yilgan?
- Ular bilan birga yashash, ularni his qilish muhim. Ularning odatini o‘rganish kerak. Shundan kelib chiqib butun bir jamoa shakllantiriladi.

- Amaldagi JCH chempioni Portugaliya mag‘lub etildi. Keyingi raqib Argentina yoki Xorvatiya bo‘ladi. Qaysi jamoa sizlarga qulayroq?
- Ular kuchli raqiblar. Qachonki, o‘z shahrimdagi yigitlarga qarshi o‘ynasam, biz ularni aniq yutgan bo‘lardik (kuladi).

- Fransiya hamda Eron o‘zaro o‘yinda gol urmaslik uchun o‘ynashdi. Bu katta rezonansga sabab bo‘ldi. Bunga munosabatingizni bildirsangiz...
- Bu – sharmandalik! Hatto muhokama qilishni istamayman.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Qozog‘iston futzal termasi ustozi: "Portugaliya jarima maydonchamiz tomonda ko‘plab hujumlar uyushtirishini va bunga sabr qilishimiz kerakligini bilardik"
ePN