
Yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi murabbiylar shtabida o‘zgarish yuzaga keldi.
Endilikda terma jamoaga sobiq kurashchi Rustam Assakalov bosh murabbiy bo‘ladi. Avvalroq murabbiylar shtabiga yana bir sobiq kurashchi, Rio Olimpiadasi sovrindori Elmurat Tasmuradov ham jalb etilgandi. Terma jamoani shu paytgacha Ravshan Ro‘ziqulov bosh murabbiy sifatida boshqarib kelayotgandi.
Ma’lumot uchun, Rustam Assakalov O‘zbekiston terma jamoasi safida Jahon chempionatining ikki karra sovrindori bo‘lgan.
Bundan tashqari, Boku-2017 va Konya-2021 Islom birdamlik o‘yinlarida bronza va oltin medallarini qo‘lga kiritgan. U Parij Olimpiadasidagi ishtirokidan so‘ng professional sportchilik faoliyatini yakunlagandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar