O‘zbekiston milliy terma jamoasini oldinda ikkita o‘ta muhim uchrashuv kutib turibdi. Srechko Katanes shogirdlari oktyabr oyidagi FIFA kunlari doirasida ikkita jiddiy raqibga qarshi maydonga tushadi.
2026 yilgi jahon chempionatining Osiyo saralash musobaqasi uchinchi bosqichida dastlabki ikki uchrashuvda zafar quchgan terma jamoamiz musobaqa jadvalida kuchli uchlikdan joy olgan Eron va Birlashgan Arab Amirliklari futbolchilari bilan raqobatlashadi.
Bu ikki o‘yin musobaqa jadvaliga va jahon chempionatiga chiqish imkoniyatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.
O‘zbekiston terma jamoasining natijasi keyingi paytlarda ma’lum ma’noda Eldor Shomurodovning o‘yiniga bog‘lanib qolgan. 29 yoshli hujumchimiz klub miqyosida ishlari yurishmay turgan paytda ham terma jamoamiz uchun zo‘r o‘ynab bergan.
Hozir turli klublardagi terma jamoalar o‘yinchilari navbatdagi yig‘in va uchrashuvlarga taklif oldi. “Roma” ham bir necha vakilini qo‘yib yuborishiga to‘g‘ri kelmoqda.
Vaziyatga “Roma” faoliyatini yoritib kelayotgan nufuzli manbalar oydinlik kiritdi.
- Yevropa Ligasida “Elfsborg”ga qarshi uchrashuvdan keyin “Roma” milliy chempionatda “Monsa” bilan o‘ynaydi. Aynan mana shu bellashuvdan keyin Trigoriya bazasi bo‘shab qoladi.
Artyom Dovbik jarohatdan keyin yana Ukraina terma jamoasi libosini kiyishga tayyor. Sergey Rebrov uni 11 va 14 oktyabr kunlari Millatlar ligasida Gruziya va Chexiyaga qarshi bo‘ladigan bahslarga jalb qilgan.
Fransiya terma jamoasidagi debyutidan keyin Manu Kone yana Dide Deshamdan taklif oldi. Fransiyaliklar Millatlar ligasida Isroil va Belgiya terma jamoalari bilan kuch sinashadi.
Evan N'Dika Kot-d'Ivuar terma jamoasiga chaqirtirildi. Bosh murabbiy Emers Fae Serra-Leonega qarshi o‘tkaziladigan ikkita uchrashuvda “Roma” vakili xizmatlaridan foydalanishni rejalashtirgan.
Nihoyat, Eldor Shomurodov bosh murabbiy Srechko Katanetsdan jahon chempionatining saralash turniri doirasida Eron va Birlashgan Arab Amirliklariga qarshi o‘yinlarda qatnashishga taklif etildi.
“Roma”dan chaqirtirilganlarning har biri o‘z mamlakatlari terma jamoalari uchun muhim ahamiyatga ega futbolchilardir, - deb yozmoqda rivistalaroma.it sayti.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 10 oktyabr kuni Eron, 15 oktyabrda Birlashgan Arab Amirliklari futbolchilari bilan kuch sinashadi.
Eldor Shomurodov esa, milliy terma jamoa safida eng ko‘p gol urgan to‘purar hisoblanadi. Legionerimiz xalqaro miqyosda 75 ta uchrashuvda raqiblar darvozasini 41 marotaba ishg‘ol qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi