
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi JCH—2026 3-saralashi 3-turida Eronga qarshi bahs olib bordi.
“Bunyodkor”da bo‘lib o‘tgan uchrashuvning birinchi bo‘limida darvozalar ishg‘ol etilmadi.
Ikkinchi bo‘limda ham jamoalar bir qancha xavfli vaziyatlarni yaratdi. O‘yinning 57-daqiqasida eronliklar bir kishi kam bo‘lib qoldi. Shomurodovga nisbatan ishlatilgan qo‘pollik tufayli Solih Hardani maydondan chetlatildi. Ushbu bo‘limda ham darvozalar daxlsiz qoldi va o‘yin durang natija bilan yakunlandi.
O‘zbekiston 1 va 2-turda Shimoliy Koreya va Qirg‘iziston ustidan g‘alaba qozongan edi.
JCH—2026 saralashi
10 oktyabr, payshanba
O‘zbekiston — Eron 0:0
O‘zbekiston: 1.O‘tkir Yusupov, 2.Abduqodir Husanov, 4.Farruh Safiyev (3.Hojiakbar Alijonov, 46), 5.Rustam Ashurmatov, 7.Otabek Shukurov, 9.Odil Hamrobekov, 10.Jaloliddin Masharipov, 13.Sherzod Nasrullayev, 14.Eldor Shomurodov, 22.Abbosbek Fazullayev (11.Oston O‘runov, 71), 23.Husniddin Aliqulov.
Zaxira: 12.Abduvohid Ne’matov, 16.Botirali Ergashev, 6.Akmal Mozgovoy, 8.Jamshid Iskanderov, 15.Umar Eshmurodov, 17.Bobir Abdixoliqov, 18.Abdulla Abdullayev, 19.Azizbek Turg‘unboyev, 20.Hojimat Erkinov, 21.Muhammadqodir Hamraliyev.
Eron: 1.Alirozo Beyranvand, 2.Solih Hardani, 4.Shojai Halilzoda, 5.Milad Muhammadi, 6.Said Izzatullohi, 7.Ali Rizo Jahonbaxsh (11.Ali Gulizadeh, 78), 8.Muhammad Mohebi (10.Mehdi Gaedi, 55), 9.Mehdi Taremi, 13.Ali Nemati, 14.Saman Gxoddos (21.Omid Norafkan, 71), 20.Sardor Azmun (19.Shahriyor Moganlo, 78).
Zaxira: 3.Muhammad Gorbani, 12.Payam Niyazmand, 15.Amin Xazbavi, 16.Muhammad Javad, 17.Sayid Muhammad Karimi, 18.Amirhussayin Husayinzoda, 22.Sayid Hussayin Hussayni, 23.Arya Yusefi.
Ogohlantirishlar: Farruh Safiyev (19), Odil Hamrobekov (30), Saman G‘oddos (66).
Chetlatish: Solih Xardani (57) “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar