date
views 187

Eronga qarshi oʻynagan oʻzbekistonlik futbolchilar qanday baholandi?

Eronga qarshi oʻynagan oʻzbekistonlik futbolchilar qanday baholandi?
Futbol boʻyicha 2026 yilgi Jahon chempionati saralashining 3-turidan oʻrin olgan Oʻzbekiston — Eron uchrashuvi durang natija bilan yakunlandi.

Sofascore portali ushbu bahsda harakat qilgan futbolchilarga qoʻyilgan ballarni e'lon qildi. Unga koʻra Oʻzbekistonlik himoyachi Husniddin Aliqulov 7,9 ballga loyiq koʻrilgan. Oʻzbekiston milliy jamoasi darvozaboni Oʻtkir Yusupov 7,7 ball olgan boʻlsa, yana bir ishonchli harakat qilgan Abduqodir Husanov 7,6 ballga loyiq koʻrilgan.

Foto: Sofascore
Oʻzbekiston jamoasidan eng past ballni Farrux Sayfiev olgan: 6,1 ball. Yana bir sariq kartochka olgan Odiljon Hamrobekov 6,5 ballga loyiq koʻrilgan boʻlsa, bugungi oʻyinda foydali ish koeffitsienti past boʻlgan Jaloliddin Masharipovga 6,7 ball berilgan. Ushbu oʻyinda eng yaxshi oʻyinchi boʻlgan Eldor Shomurodov ham eng past koʻrsatkichlardan birini koʻrsatdi — 6.8 ball.

Mehmonlar tarkibida tayanch yarim himoyachisi Said Izzatullohi 7,9 ball bilan eng yuqori, qizil kartochka olib jamoasini qiyin ahvolga solgan Saleh Sardani eng past (6,1) ballni qoʻlga kiritdi.

Ma'lumot uchun, ushbu oʻyinga 34 mingga yaqin futbol muxlislari tashrif buyurdi. 3-turdan soʻng Oʻzbekiston va Eron 7 ochko toʻplab A guruhi etakchiligini saqlab turibdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Eronga qarshi oʻynagan oʻzbekistonlik futbolchilar qanday baholandi?