21:45 / 13.10.2024
14

Farhod Nishonov: "Futbolchilarim Messining oldida "Messini yoqib olishdi"

Farhod Nishonov: "Futbolchilarim Messining oldida "Messini yoqib olishdi"
O‘zbekiston U-20 terma jamoasi bosh murabbiyi Farhod Nishonov Argentinaga qarshi ilk o‘yin haqida gapirdi.

"Bu safar o‘yinimiz oldidan biroz taktik o‘zgarishlarga qo‘l urdik. Bugungi o‘yinda yuqori pressing qo‘llamoqchi edik va bu amalga oshdi deb ayta olaman. Butun o‘yin davomida raqib maydonida bosim uyushtirdik va natijada to‘pni olib qo‘ydik ham. O‘yin borasida yigitlarga e’tirozim yo‘q.

Raqib kuchli, ular pressingdan qo‘rqmaydi. Aynan shuni qo‘llash orqali o‘zimizni sinab oldik. Ammo, individual tarafdan xatolarga yo‘q qo‘ydik.

Messi o‘yinni ko‘rishgani kelgani salbiy ta’sir qildi. Yigitlarimiz uni yaxshi ko‘rishadi, unga ta’rif berib bo‘lmaydi, shubhasiz eng zo‘r o‘yinchi. Uni juda ham hurmat qilaman, bunday o‘yinchi futbol tarixida yana bo‘ladimi yoki yo‘q, bunisi qorong‘u. Ammo, futbolchilar uning ko‘z oldida Messini "yoqib olishdi" va unga o‘xshab o‘ynashga harakat qilishdi. Bu esa o‘yinga juda katta ta’sir qildi. Shunchaki o‘zimizni o‘yinimizni ko‘rsatishimiz kerak, tamom.

Bu yerdagi bazani ta’riflash qiyin. Bejizga ular jahonning eng yaxshi terma jamoasi emas. Ularda sharoit shunchaki super darajada. Ammo, biz shu holatimizda ham ularni yutishga kuchimiz yetadi. Ularda million-millionlik o‘yinchilar bor, lekin o‘rtamizda katta farq ko‘rmayapman
", — dedi Nishonov.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Farhod Nishonov: "Futbolchilarim Messining oldida "Messini yoqib olishdi"
ePN