
Rossiyaning Novosibirsk shahrida sport gimnastikasi boʻyicha “Evgeniy Podgorniy sovrini uchun” nufuzli musobaqa boʻlib oʻtdi.
Xotin-qizlar oʻrtasida sport gimnastikasining alohida turlari boʻyicha oʻtkazilgan tayanib sakrash bellashuvlarida hamyurtimiz Oksana Chusovitina gʻolib boʻldi.
Saralash bahslarida eng yaxshi natija qayd etgan sportchimiz final musobaqalarida ham oʻzini koʻrsatdi. 49 yoshli gimnastikachimiz hal qiluvchi bahslarda 13,266 ball toʻplab, oltin medalni qoʻlga kiritdi.
Oksana Chusovitina 2024 yilgi Olimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik jarayonida jarohat olib, Parijga bora olmagan edi. Novosibirskdagi turnir hamyurtimiz salomatligini tiklab olganidan keyingi birinchi musobaqa boʻldi.
Chusovitina bu gʻalabadan keyin 2028 yili Los-Anjeles mezbonlik qiladigan Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etishni maqsad qilib qoʻyganini ma'lum qildi.
Eslatib oʻtamiz, bir necha rekordlar sohibasiga aylangan sportchimiz 1992 yili Barselona Olimpiadasida oltin, 2008 yili Pekin Olimpiadasida bronza medalga sazovor boʻlgan.
Novosibirsk Cport gimnastikasi Yevgeniy Podgorniy sovrini Oksana Chusovitina G‘olib bo‘ldi Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar