
Toshkent mezbonlik qilgan dzyudo bo‘yicha harbiylar o‘rtasidagi jahon chempionati o‘z yakuniga yetdi. Ma’lum qilganimizdek, musobaqaning so‘nggi kunida jamoaviy dasturda g‘olib va sovrindorlar aniqlab olindi.
MOQ matbuot xizmatining xabar berishicha, erkaklar terma jamoamiz ham, ayollar terma jamoamiz ham saralashdan muvaffaqiyatli o‘tib, final bosqichigacha yetib kelishdi. Yakunda Fransiyani 3:1 hisobida mag‘lub etgan qizlarimiz oltin medallarga sazovor bo‘ldi. Yigitlarimiz esa Mo‘g‘ulistonga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib, kumush medallarni qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa, ilk bor yurtimizda tashkil etilgan mazkur yo‘nalishdagi dunyo birinchiligi poyoniga yetdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar