12:53 / 21.10.2024
31

Chusovitina: “Meni 2028 yilgi Olimpiadada ko‘rasizlar degan umiddaman”

Chusovitina: “Meni 2028 yilgi Olimpiadada ko‘rasizlar degan umiddaman”
Foto: Match Tv
O‘zbekistonlik gimnastikachi Oksana Chusovitina, Rossiyada o‘tgan "Olimpiya chempioni Yevgeniy Podgorniy sovrini" musobaqasida g‘olib bo‘lganidan so‘ng, 2028 yilda Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish niyatida ekanini aytdi.

Novosibirskka kelganimdan xursandman. Meni Yevgeniy Podgorniy taklif qildi, undan juda minnatdorman. Bu mening jarohatdan keyin o‘tkazgan birinchi musobaqam edi. Umid qilamanki, sizlar meni keyingi Olimpiadada ko‘rishingiz mumkin”, dedi Chusovitina.
Sportchi Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritishi uning jismoniy holatiga bog‘liqligini ma’lum qildi.

Mening dastlabki maqsadim — 2026 yilda bo‘ladigan Osiyo o‘yinlarida ishtirok etish. Keyinroq ko‘ramiz. Albatta, Olimpiya o‘yinlarida o‘zimni sinab ko‘rmoqchiman, lekin barchasi mening holatimga bog‘liq. Agar o‘zimni yaxshi his qilsam, Olimpiadaga yo‘llanma olishga harakat qilaman. Hali uch yil bor, shuning uchun bu haqda gapirishga hozircha erta”, deya qo‘shimcha qildi Chusovitina.

Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiya o‘yinlari 2028 yil 14—30 iyul kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Chusovitina o‘sha paytda 53 yoshda bo‘ladi.

Chusovitina sakkizta Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan bo‘lib, u 1992 yilda Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi jamoasi tarkibida jamoaviy musobaqada oltin medalni qo‘lga kiritgan. Shuningdek, 2008 yilda kumush medal sohibi bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Chusovitina: “Meni 2028 yilgi Olimpiadada ko‘rasizlar degan umiddaman”