Abduqodir Husanovga Angliyaning “Chelsi” klubi qiziqish bildirmoqda

Abduqodir Husanovga Angliyaning “Chelsi” klubi qiziqish bildirmoqda
Fransiyaning “Lans” klubida to‘p suruvchi o‘zbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanov Yevropaning grand klublari nishoniga aylandi.

Husanovga Angliyaning “Chelsi” klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. “Aristokratlar” skautlarining faoliyatini yoritib boruvchi Haitham X sahifasi “Chelsi” Abduqodir Husanovni kuzatish uchun Fransiyaga o‘z skautlarini jo‘natganini yozgan. Skautlar “Lans”ning “Lill”ga qarshi o‘yinida (26 oktyabr) 20 yoshli himoyachining harakatlarini kuzatadi.

Ma’lumot uchun, Abduqodir Husanov Fransiya chempionatida 8-tur yakunlariga ko‘ra ramziy jamoadan o‘rin olgandi.

Qayd etib o‘tish joiz, “Lans” Liga 1 da 14 ochko jamg‘argan holda 5-o‘rinda bormoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar