
Fransiyalik futbol mutaxassisi Erve Renar Saudiya Arabistoni milliy terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga qaytdi.
Bir necha kun avval Saudiya qirolligi futbol federatsiyasi italiyalik mashhur “coach” Roberto Manchini bilan o‘zaro kelishuvga ko‘ra mehnat shartnomasi bekor qilinganini e’lon qilgandi. Terma jamoaning yangi bosh murabbiyi etib esa Erve Renar tayinlandi. Tajribali mutaxassis so‘nggi ish manzili, Fransiya ayollar terma jamoasi edi. O‘tgan yili yozda, Avstraliya va Yangi Zelandiya mamlakatlarida o‘tkazilgan ayollar o‘rtasidagi mundialda Fransiya vakillari chorak final bosqichiga qadar yetib borishgandi.
Eslatib o‘tamiz, Erve Renar 2019-2023 yillar davomida Saudiya terma jamoasini boshqargan. Bunga qadar, mutaxassis Marokash, Zambiya va Angola, Kot-d'Ivuar terma jamoalarida faoliyat olib borgan.
“Saudiya bilan bo‘lgan hikoyam hali yakuniga yetmadi. Men qaytdim!”, - deya izoh berdi janob Renar “yashil lochinlar” safiga qaytishi bo‘yicha. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar