date
views 62

Jek Ketterol sobiq jahon chempioni Rejis Progreysni mag‘lub etdi

Jek Ketterol sobiq jahon chempioni Rejis Progreysni mag‘lub etdi
Foto: Getty Images
Buyuk Britaniyaning Manchester shahrida professional boks kechasi o‘tkazildi.

Oqshom doirasida britaniyalik Jek Ketterol birinchi yarim o‘rta vaznda sobiq jahon chempioni Rejis Progreysga qarshi ringga ko‘tarildi.

Jek jangga qadar WBC reytingida ikkinchi, WBA yo‘nalishida beshinchi, IBF'da uchinchi, WBO versiyasida ikkinchi o‘rinni egallab turgandi.

Foto: Getty Images
O‘n ikki raund to‘liq davom etgan jangda 31 yoshli Ketterol 35 yashar amerikalik Progreysni 117-108, 116-109, 116-109 hisoblarida mag‘lubiyatga uchratdi. Avvaliga Rejis beshinchi raundda Jekni yengil nokdaun holatiga tushirib qo‘ydi. To‘qqizinchi raundda esa Ketterol ikkita nokdaun bilan javob qaytardi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Jek Ketterol sobiq jahon chempioni Rejis Progreysni mag‘lub etdi