17:39 / 13.11.2024
34

Sardor Rashidov: "Himoyachilarimiz Afifni to‘xtatish uchun 50 foiz kuchini ishlatishsa kifoya"

Sardor Rashidov: "Himoyachilarimiz Afifni to‘xtatish uchun 50 foiz kuchini ishlatishsa kifoya"
O‘zbekiston terma jamoasi ertaga JCH-2026 saralash bosqichi doirasida navbatdagi uchrashuvini o‘tkazadi. Vakillarimiz bu turda Dohada Qatar mehmoni bo‘ladi. Ayni vaqtda tayyorgarlikning so‘nggi bosqichini o‘tkazayotgan terma jamoa a’zolariga omad tilab qolamiz. Biz esa mazkur bahs oldidan taniqli futbolchi Sardor Rashidovning fikrlari bilan qiziqdik.

- Ertaga bo‘lib o‘tadigan Qatar - O‘zbekiston uchrashuvidan qanday o‘yin kutyapsiz? Umuman terma jamoamizning bugungi kuni, saralashdagi o‘yinlari qanday taassurot qoldirmoqda?
- Ertangi o‘yindan faqat g‘alaba kutmoqdamiz va bunga majburmiz. Boshqa natija kutish bizni Jahon chempionatidan mahrum qilishi mumkin. Xuddi avvalgi saralashlardagi kabi imkoniyatlarimiz juda yuqori. Biz Qatardan barcha nuqtalarda kuchlimiz va buni maydonda ko‘rsatishimiz shart.

- Bu o‘yin Osiyo kubogidagi o‘yindan farq qilishi mumkin. Bizda bu safar ustunlik nimada?
- Osiyo kubogidan so‘ng oradan 8 oy o‘tdi. Terma jamoamiz bu vaqt ichida o‘sishga erishdi. Buni inobatga olgan holda Qatarni taslim qilishimiz kerak. Terma jamoamizda hamma narsa joyida.

- Qatarni oldin xotirjam yutib yurganmiz. Bu terma jamoa nimaning evaziga kuchaydi? Ertaga bizga ko‘proq nima kerak bo‘ladi?
- Ular xorijlik va mahalliy futbolchilar evaziga ancha o‘sdi. Shunga Osiyo kubogida bizga qiyin bo‘lgandi. Ochig‘ini aytganda o‘sha turnirda yomon o‘yin ko‘rsatmagandik, o‘yin tomonlama eng yaxshisi edik. Penaltilar seriyasiga tayyorlanmaganimiz pand bergandi.

- Hujumkor pozitsiyangizdan kelib chiqib ertangi o‘yinda oldindagi futbolchilarimizning imkoniyatlariga qanday qaraysiz? Tabiiyki, raqibning asosiy quroli ham hujumchilar Akram Afif, Almoyez Ali va hokazo...
- Akram Afif hozir yaxshi formada. Lekin uni to‘xtatish bizning himoyachilarga qiyin emas. Husanov, Aliqulov uni zararsizlantirishga 50 foiz kuchini sarflasa kifoya. Hujumdagi futbolchilarimizga ko‘proq uzoqdan zarbalar berishini ta’kidlagan bo‘lardim. Qatar darvozabonlari uzoqdan zarbalarda ko‘p xatolarga yo‘l qo‘yishadi. Buni ichki chempionatda ham ko‘rish mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Sardor Rashidov: "Himoyachilarimiz Afifni to‘xtatish uchun 50 foiz kuchini ishlatishsa kifoya"