94
Qatar termasi bosh murabbiyi Markes Lopes: "O‘zbekistonning kuchli va zaif tomonlarini alohida o‘rgandik"
JCH-2026 saralashidan o‘rin olgan Qatar – O‘zbekiston uchrashuvidan oldin o‘tkazilgan matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Markes Lopes qatnashdi va o‘yin haqidagi fikrlarini bildirdi.
"Shogirdlarimning saralash bosqichidagi o‘yinidan mamnunman. Bo‘lajak o‘yin biz uchun qanchalik muhimligini juda yaxshi bilamiz va ikkinchi o‘rin bilan bo‘lsa ham mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritish umidini saqlab qolish niyatida uch ochkoni qo‘lga kiritishimiz zarur. Bo‘lajak o‘yinda g‘alaba qozonish jamoaning asosiy maqsadi hisoblanadi. Saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tishimiz uchun har bir o‘yinda ikki barobar ko‘p kuch sarflashimiz va maydonda bor imkoniyatlarimizni ishga solishimiz kerak.
Futbol matematikadan iborat emas, jahon chempionatiga chiqish uchun so‘nggi nafasgacha kurashishimiz kerak. Men so‘nggi kunlarda guruh mashg‘ulotlari davomida o‘yinchilarning holatiga asoslanib, ularga katta ishonch bildiraman.
Shubhasiz, bizda himoya muammosi bor, xatolar har bir o‘yinda takrorlanmasligi uchun imkon qadar ularni bartaraf etishga harakat qilyapmiz.
Biz har bo‘lajak o‘yinga har tomonlama tayyor o‘yinchilarni tanlashimiz kerak. Barcha o‘yinchilar yana to‘g‘ri yo‘lga qaytib, so‘nggi Osiyo chempionatida ko‘rsatgan o‘yinlarini takrorlashlariga ishonaman.
Guruhimiz murakkab va kuchli jamoalarni o‘z ichiga oladi, barcha jamoalar Jahon chempionatiga yo‘llanma olish imkoniyatiga ega. O‘zbekiston terma jamoasi esa uyushqoq tarkibga va hujum chizig‘ida kuchli uchlikka ega. Osiyo kubogida penaltilar seriyasigacha ularga qarshi qanday qiyin kurashganimizni hamma ko‘rdi.
Qatar terma jamoasini so‘nggi Osiyo kubogi oldidan bir necha kun oldin qabul qilgandim, shunga qaramay, juda qisqa vaqt ichida futbolchilar bilan kelishib ketganmiz, shuning uchun o‘z g‘oyalarimni o‘zgartirmayman.
Raqibni yaxshi o‘rgandik. O‘zbekistonning kuchli va zaif tomonlarini alohida o‘rgandik", - deydi Markes Lopes.
Shu bilan birga o‘yin haqida Qatar terma jamoasi yarim himoyachisi Muhammad Vaad ham fikr bildirib o‘tdi.
"Bo‘lajak o‘yinda uch ochko qo‘lga kiritib, jamoamizni qo‘llab-quvvatlash uchun tashrif buyuradigan Qatar muxlislarini xursand qilishga harakat qilamiz. O‘zbekiston terma jamoasiga qarshi o‘yin juda muhim ahamiyatga ega.
Ehtimol, bu hozirda biz uchun eng muhim o‘yin bo‘lishi mumkin. Mazkur uchrashuvdan ko‘zlangan maqsadga erishish uchun 200% kuchni sarflashimiz zarur.
Shu o‘rinda jamoani qo‘llab-quvvatlash uchun muxlislarni stadionga chorlab qolaman", - deydi Muhammad Vaad. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ro‘ziqul Burdiyev: "Chempionatda hech qanday maqsad qolmagan"