47
Yo u yoqqa, yo bu yoqqa! Saralashni qanday holatda davom ettirishimiz uchun muhim bo‘lgan o‘yin haqida
Qatarga qarshi bahs JCH yo‘llanmasi uchun strategik o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi. Uch xil natija bizni saralashdagi keyingi harakatlarimizga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir qiladi.
G‘alaba - saralashning qolgan o‘yinlarida chuqur himoya orqali bexato o‘ynashni o‘zi yo‘llanma uchun kifoya bo‘ladi. Bu yo‘llanmani 90 foiz hal qilish degani.
Durang - KXDR va BAAga qarshi mehmondagi o‘yinlarda tavakkal qilishga undashi mumkin. Bu yo‘llanmani 70 foiz hal qilish degani.
Mag‘lubiyat - Ishni so‘nggi turgacha yetib borishi, Tehrondagi bahsda ochko olishga intilish, KXDR va BAAga qarshi o‘yinlarda 6 ochko ishlashga majbur bo‘lamiz. Bu yo‘llanma uchun imkoniyatimiz 55 foizga tushib ketdi degani.
Jamoa o‘yin strategiyasi:
- Bugungi Qatar uchun eng noqulay sxemalardan biri 5-4-1 (hujum chog‘ida 3-4-3) bo‘lib, buni "oq bo‘rilar" yaxshi o‘zlashtirgan. Xursand qiladigan tomoni, bu bahsda Tintin Markes shogirdalari "risk" qilishga, oldinga o‘tishga majbur. Bu esa, hujum uchligimiz uchun o‘yin davomida bo‘sh zonalar bo‘lishini anglatadi. Raqib jarima zonasidagi keskinlik va so‘nggi zarba orqali ular o‘yinni yutib berishlari mumkin.
- Bahsda asosiy og‘irlik markazdagi Hamrobekov/Shukurov tandemiga tushadi. Ular, to‘pni nazorat qilishga odatlangan raqibni markazda munosib kutib olishlari va birinchi imkon bo‘lishi bilan qarshi hujumni aynan 2 zonada boshlashi kerak. Yakkakurashlar bilan birgalikda, birinchi pasni to‘g‘ri ijro etish juda muhim.
- Raqib avvalgi murabbiy qo‘l ostida ikkinchi bo‘limlarda ( umumiy hisobda 8 ta gol o‘tkazib yuborgan) juda yomon o‘yin ko‘rsatmoqda. Bu konsentratsiya va ishtiyoqni yo‘qolishi bilan bog‘liq. Biz mudofaada ilk soniyalardan bexato harakat qilishimiz shart. Ayniqsa, himoyachilar to‘pni Qatarning erta pressingidan olib chiqib ketishida yo‘qotmasligi juda muhim.
Raqibga qo‘l kelishi mumkin bo‘lgan omillar:
- Birinchi navbatda bizni yo‘qoridan Eldorga uzun paslar bilan oldinga o‘tishga urunmasligimiz kerak. Qatar to‘p nazoratini qo‘lga olsa, pressingda katta kuch sarflashga majbur bo‘lamiz. Qo‘shimchasiga, ular tinimsiz bosim qilish orqali bizni 8-9 futbolchimizni jarima maydonchasiga qamab tashlasa, tartibli mudofaada ham xatolar bo‘ladi.
- Tarkibdagi farqni yuzaga keltiradigan hujumchilarning bor ekanligi.BAAdan farqli o‘laroq, Qatarga yarimta imkoniyat gol urish uchun yetarli bo‘lishi mumkin. Hujumchilariga qarshi qanotlarda 2/1 ko‘rinishida harakat qilishimiz lozim. Markaz esa, kerakli pallada bizni oldinroqqa chiqib qo‘llab-quvvatlash orqali raqib bosimini nazorat qilish imkonini beradi.
Yigitlar hammasini his qilib turibdi. Bugungi terma jamoa yetakchilari uchun bu karyerasidagi so‘nggi imkoniyat. Ular yillar o‘tib nabiralariga, mundialga yo‘llanma olgan ilk jamoa tarkibida bo‘lganini aytib berishga loyiq yigitlar. Yaratganni o‘zi qo‘llasin.
Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Tramp g‘alabasidan keyin Qo‘shma Shtatlarni butunlay tark etishni rejalashtirayotgan Gollivud yulduzlari
Toshkent shahrida kutilayotgan konsertlarga kirish qanchaga tushadi?
“Diabet — hayot tarzi” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi
Millatlar ligasi. Ispaniya so‘nggi daqiqalarda g‘alabani ilib ketdi
AQSH Adliya vazirligi Google'dan Chrome'ni sotishni talab qiladi