JCH-2026 saralashi doirasidagi Qatar - O‘zbekiston uchrashuvi yakunlandi. Terma jamoamiz bosh murabbiyi Srechko Katanes o‘yindan keyingi matbuot anjumanidi ishtirok etdi va terma jamoaning mag‘lubiyatiga quyidagicha izoh berdi.
"Birinchi bo‘limda yo‘q joydan ikkita gol o‘tkazib yubordik. Keyin o‘zimizni o‘nglab ikkita gol urdik. Bu futbol, biz oxirida gol o‘tkazib mag‘lubiyatga uchradik", - deydi murabbiy bugungi bahs haqida.
- Uchta golni ham uchta markaziy himoyachi taktikasida to‘p tepib o‘tkazdik...
- (kuladi) Ular hujumchi tushirishdi. Keyin biz charchagan edik.
- Masharipov shamollagan bo‘lsada o‘yinga tushdi...
- U yaxshi saviyadagi futbolchi bo‘lganligi uchun ham uni tushirdik. U o‘yinga ikkinchi bo‘limda tushirishni iltimos qilgandi. Zaxira paytida men tavakkalchilikka qo‘l urdim.
- Fayzullayev bilan Masharipov bir vaqtda maydonda harakat qilishgan payt, ikkisi bir nuqta atrofida o‘ynab qoldi...
- Bu borada qo‘shimcha izoh bermayman. Hammaning o‘z fikri bor.
- Uchrashuvda terma jamoangiz so‘nggi daqiqada gol o‘tkazib alamli mag‘lubiyatga uchradi. Keyingi imkoniyatlar haqida gapirib o‘tsangiz? (qatarlik jurnalist tomonidan berilgan savol).
- Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman. Ancha paytdan beri mag‘lubiyatga uchramayotgan edik, shuning uchun bu muxlislar uchun og‘ir. Oldimizda yana 5 ta o‘yin bor.
- O‘zgarishlar yaxshi bo‘ldi, lekin 2:2 bo‘lganidan keyin himoyalanish aytildimi yoki vaziyat shuni taqazo qildimi?
- Yo‘q, yo‘q! Men futbolchilarga bunday demadim. Bilmayman nima uchun bunday bo‘ladi, boshqa o‘yinlarni ham ko‘rsangiz shunday voqealarni ko‘rasiz. Bu savolga dunyoning eng kuchli muarbbiylari ham tushuntira olmaydilar. Bunday vaziyatda futbolchilar durang natija qoniqarli bo‘ladi deb o‘ylashadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Tramp g‘alabasidan keyin Janubiy Koreya Ukrainaga qurol jo‘natish fikrini o‘zgartirdi