O‘zbekiston MTJ sobiq futbolchisi: "Katanetsda hech qanday taktik chizmani ko‘rganim yo‘q, yaxshi ijrochilar hisobiga natija qo‘lga kiritilmoqda"

2 daqiqa o'qish149
O‘zbekiston MTJ sobiq futbolchisi: "Katanetsda hech qanday taktik chizmani ko‘rganim yo‘q, yaxshi ijrochilar hisobiga natija qo‘lga kiritilmoqda"
Tan olish kerak O‘zbekiston terma jamoasining mag‘lubiyati barchaning xafsalasini pir qildi.

Yana nima bo‘lishi kerak? Ahir, eng muhim bahsdagi mag‘lubiyat kimga ham yoqadi deysiz. Futbol mutaxassislarida turlicha fikr, jurnalistlarda o‘zgacha qarash. Biz bu borada yaxshisi yashil maydonda terma jamoa libosida to‘p tepgan San’at Shixovga yuzlandik.

- Qatardan xuddi shunday o‘yin kutgan edim. Sababi ular uyda, o‘z maydonida harakat qilardi. Biz bilan ham hisob-kitob qilib olishlari turgan gap edi. Avvalgi bahslarda Qatarning kuchsizroq o‘ynagani bizning yigitlarga salbiy ta’sir qildi deb o‘ylayman. Raqibning kuchini to‘g‘ri baholay olishmadi. Bu esa zararimizga ishladi.

- Bunday uchrashuvlarda ruhiy bosim bo‘lishi normal holat hisoblanadi. Tayyorgarlik ham yaxshi bo‘lgan. Sababi, ikkinchi bo‘limda futbolchilar o‘yinga temp qo‘sha olishdi. Aytganimdek, yetarlicha baholamaslik va jarohatlar ta’sirini o‘tkazmasdan qolmadi. To‘g‘risi, hozirgi zamonaviy murabbiylar yoki top koachlar o‘yindan kelib chiqib taktika yoki tarkib tanlashadi. Ochig‘ini aytganda Katanetsda hech qanday taktik chizmani ko‘rganim yo‘q. Yaxshi ijrochilar hisobiga natija qilyapti. Qatar futbol o‘ynashga qo‘yib beradigan jamoa. Bunday jamoaga qarshi 5 nafar himoyachi bilan o‘ynash xato. Ularni faqat to‘psiz qoldirgan holda yutish mumkin. To‘psiz ular asabiylashadi va o‘yini o‘xshamaydi.

- Tablodagi hisob durang vaqtida to‘pni o‘zimizda ko‘proq ushlab turgan holda ularni teparoqqa ko‘tarilishini kutishimiz kerak edi. Shunda Abbos, Boburda zonalar ochilar, bundan foydalanish osonroq bo‘lardi. Iskanderov, Masharipov, Fayzullayev, Hamrobekov kabi futbolchilardan to‘pni olib qo‘yish qiyin. Bu futbolchilarning kuchli tomonlaridan foydalanmaslik uchun qanday sabab bo‘lishi kerak bilmayman.

- Tarkibimiz yaxshi. Faqat to‘g‘ri foydalanish zarur, xolos. E’tibor bering Qatar individual kuchli futbolchilariga tayanib erkinroq o‘ynaydigan jamoa. Ular bilan bemalol 4-3-3 sxemasida o‘ynashingiz mumkin. Ularda himoyachilarni sudrab ketadigan darajadagi kuchli hujumchisi yo‘q. Jamshid Iskanderovni ilk daqiqadan tushirish esa eng ideal variant bo‘lardi. U tushganidan so‘ng umuman boshqacha o‘yin ko‘rdik.

Endi KXDR bilan tushsa ham boshqacha bo‘lishi hech gapmas. Bo‘lajak raqibimiz o‘zi ham, raqibga ham o‘ynash imkonini bermaydi. Bu o‘yindan biror narsa deyish qiyin. Qatar bilan ko‘p kuch yo‘qotdik. Ortga yo‘l yo‘q, 2 ta hujumchi bilan o‘ynash kerak. Bizga g‘alaba juda ham zarur. Nima bo‘lganda ham Qatar bilan mag‘lubiyatdan katta fojea yasamaylik. Jamoani qo‘llab-quvvatlaymiz. Bizda juda yaxshi jamoa bor. Xudo xohlasa, vazifani uddalashadi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?