“Roma” mashhur murabbiy Klaudio Ranerini bosh murabbiylikka tayinladi. Endi jamoada o‘zgarishlar bo‘lishi tabiiy.
Rimlik mutaxassis jamoa bilan mashg‘ulotlarni boshlab yubordi. Hozircha, ularda faqat Rimda qolgan o‘yinchilar qatnashmoqda. Turli mamlakatlar terma jamoalari vakillari hali ortga qaytgani yo‘q. Faqatgina Eldor Shomurodov klub ixtiyoriga qaytib bordi.
“Roma” faoliyatini yoritib kelayotgan romaforever.it sayti klubdagi hozirgi vaziyat, xususan, Eldor Shomurodov bo‘yicha oxirgi ma’lumotlarni taqdim etdi.
- “Roma” rahbariyati O‘zbekiston milliy terma jamoasi safidan jarohat bilan qaytgan Eldor Shomurodovni zudlik bilan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishga buyruq bergandi. O‘zbek futbolchisi kerakli tekshiruvlardan o‘tkazildi, chap oyoq son qismi mushaklari shikastlangani tasdiqlandi. Bu jarohat tufayli Eldor 20 kun atrofida maydonga tusholmaydi.
Bu vaqt mobaynida o‘zbekistonlik legioner A Seriyada “Napoli” va “Atalanta”, Yevropa ligasida “Tottenxem” bilan bo‘ladigan o‘yinlarni o‘tkazib yuboradi.
Borgan sari “Roma”ning Eldor Shomurodov bilan xayrlashish ehtimoli oshib bormoqda. 2021 yili “Jenoa”dan 17,5 million yevroga transfer qilingan hujumchi keyingi transfer oynasi ochilishi bilan poytaxtni tark etishi mumkin.
Hozir uning oldida ikkita variant turibdi. Birinchisi, o‘tgan yili “Kalyari”ga o‘tganidek ijaraga ketishdan iborat. Ikkinchisi esa, klub uni to‘liq boshqa klubga sotib yuborishni ham rejalashtirgan.
Yangi bosh murabbiy Klaudio Raneri “Roma” hujum chizig‘ini tashkil qilishda tajribali Paulo Dibalaga tayanmoqchi, - deb yozdi romaforever.it saytieksperti Francheska Di Nora.
Ta’kidlash joizki, aslida Eldor Shomurodov Rimni o‘tgan yoz tark etishi kutilgandi. AQSH chempionati vakili “Atlanta Yunayted” rimliklar bilan muzokara olib bordi. Tomonlar kelishuvga erishgunicha MLSda transfer oynasi yopildi va Shomurodov transferi barbod bo‘ldi.
Shunga qaramay, A Seriya klublari orasida ham bir necha klublar o‘zbek hujumchisini qo‘lga kiritishga urinib ko‘rdi. “Roma”ning o‘sha vaqtdagi bosh murabbiyi Daniel de Rossi o‘zbek legionerining mashg‘ulotlardagi harakati va “Empoli”ga qarshi uchrashuvdagi qahramonligini inobatga olib, Eldor Shomurodovni jamoada qoldirishga qaror qildi.
Buning ortidan poytaxt klubi Eldor Shomurodovga hamkorlikni yana bir yilga uzaytirib, 2027 yilgacha davom etadigan yangi shartnoma berishi haqida ham axborotlar tarqatildi.
So‘nggi ikki oy ichida “Roma”da yuz bergan jiddiy o‘zgarishlar ayrim o‘yinchilarning kelajagiga ta’sir o‘tkazmay qolmaydi. Xususan, ikki oy jamoani boshqargan Ivan Yurich avvalgi bosh murabbiy jamoaga singdirmoqchi bo‘lgan Eldor Shomurodov, Mats Xummels, Matias Sule kabi o‘yinchilarga yetarlicha e’tibor qaratmadi.
Endi jamoani mavsum oxiriga qadar Klaudio Raneri boshqaradi. Eldor Shomurodov masalasida ham ko‘p narsa 73 yoshli mutaxassisning qarorlariga bog‘liq bo‘ladi. Raneri esa, legionerimizning imkoniyatlarini yaxshi biladi. Ular o‘tgan mavsum o‘zaro hamkorlikda “Kalyari”ni yuqori divizionda saqlab qolgan edi... “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar