
Italiyaning “Pyachensa” klubida kutilmagan ishlar yuz berdi. Klub rahbariyati sport direktori Alessio Sesta va bosh murabbiy Karmine Parlatoni iste’foga chiqardi.
Jamoani boshqarishga boshqa mutaxassis Simone Bentivolo tayinlandi. Biroq u bu lavozimda bir kun ham ishlamadi va ishdan olindi.
- Biz Simone Bentivolo bilan shartnomani o‘zaro kelishgan holda bekor qildik. Bundan buyon jamoani Stefano Rossini boshqaradi, - deb bayonot berdi klub rasmiy saytida.
Ma’lumotlarga qaraganda, Bontivoloning bosh murabbiy bo‘lishiga jamoa muxlislari jiddiy qarshilik ko‘rsatgan va klub rahbariyati bu qarorini o‘zgartirmasa, fanatlar uchrashuvlarni boykot qilishini bildirgan.
Ularning bunday yo‘l tutishiga Bentivolo 2011 yili kelishilgan o‘yinlarni uyushtirgani va o‘z aybini tan olgani sabab bo‘lgan.
Bir paytlar A Seriyada ishtirok etgan “Pyachensa” hozir Italiya chempionatining D seriyasida kurash olib bormoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar