
Abbosbek Fayzullayev FIFA rasmiy saytida Shimoliy Koreyaga qarshi o‘tkazgan o‘yini uchun e’tirof etildi.
"OFK tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilganidan so‘ng Fayzullayev O‘zbekiston terma jamoasi safida KXDRga qarshi bahsda ajoyib o‘yin ko‘rsatib, o‘z obro‘sini oshirishda davom etdi. U kichkina bo‘yli, ammo yaxshi texnik xususiyatlarga ega futbolchi. Moskvada yashovchi sehrgar Ventyandagi bellashuvda yagona gol muallifiga aylandi. U uzoq masofadan urgan goli bilan "oq bo‘rilar"ni tarixda ilk bor Jahon chempionatiga chiqish yo‘lidagi harakatini davom ettirmoqda".
Qayd etish lozim, Abbosbek Fayzullayev noyabrdagi FIFA kunlarida termamiz kiritgan barcha gollarga mualliflik qildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar