
"Lans"da harakat qilayotgan o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov ko‘plab jamoalarning e’tiboriga tushgan. Futbolchini bir nechta top klublar ham kuzatib bormoqda va ular orasida PSJ favorit bo‘lib turibdi.
"Foot Mercato" nashri xabar berishicha, parijliklarning transferlar ishi bilan shug‘ullanadigan Luish Kampushning shaxsan o‘zi Abduqodir Husanovni jamoasida ko‘rishni istaydi. Mutaxassis himoyachi atrofidagi ba’zi shaxslar bilan uchrashishga ham ulgurdi, deya ma’lum qildi manba.
"Lans" bu qishda Abduqodirni qo‘yib yuborishni istamaydi. Ayniqsa uning so‘nggi ikkita uchrashuvda maydonga tusha olmagani lansliklarga qimmatga tushdi, ya’ni klub 2 ta o‘yinda 5 marta o‘z darvozasidan to‘p olib chiqdi.
Fransiya nashriga ko‘ra, Abduqodir Husanovning taxminiy narxi 20 million yevroga baholanmoqda.
Hamyurtimiz joriy mavsum "Lans" tarkibida Liga 1 hamda Konferensiyalar Ligasining 12 uchrashuvida maydonga tushdi. E’tiborlisi, ulardan 9 tasida Abduqodir o‘yinni asosiy tarkibda boshlagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar