date
views 134

Legionerlar: Fayzullayev — eng yaxshi o‘yinchi, Husanovda g‘alaba, Shomurodov o‘ynamadi

Legionerlar: Fayzullayev — eng yaxshi o‘yinchi, Husanovda g‘alaba, Shomurodov o‘ynamadi
FIFA kunlari yakunlangach o‘zbekistonlik futbolchilar o‘z klublariga yo‘l olishdi va navbatdagi bahslarda ishtirok etdi.

Foto: “RPL”
Abbosbek Fayzullayev to‘p surayotgan “SSKA” klubi Rossiya kubogi doirasidagi Umarali Rahmonaliyev harakat qilayotgan “Rubin” klubiga qarshi javob o‘yinida maydonga tushdi va yirik hisobda (3:0) g‘alaba qozondi. Ushbu bahsda o‘zbekistonlik yarim himoyachi moskvaliklarning ikkinchi golini urdi. Jarima maydoni yaqinida to‘pni qabul qilib olgan Abbosbek chiroyli zarba bilan gol urdi. Fayzullayev uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘ldi. Umarali Rahmonaliyev 83 daqiqa harakat qildi.

Ma’lumot uchun, bugun, 30 noyabr kuni “SSKA” RPL doirasida yana “Rubin”ga qarshi bahs olib boradi.

Foto: Getty Images
Fransiya chempionatining 13-turini boshlab bergan o‘yinda “Lans” safarda “Reyms” ustidan g‘alaba qozondi. 29 noyabr kuni bo‘lib o‘tgn uchrashuvda O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov to‘liq harakat qildi. Ushbu bahsda Tomasson va Nzola mehmonlarning gollariga mualliflik qildi — 2:0.

Foto: Sofascore
Uchrashuvda ishonchli harakat qilgan Husanovning o‘yini Sofascore tomonidan 7,4 ballga loyiq ko‘rildi. Ba’zi manbalar Husanovni uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi sifatida e’tirof etgan. Nashr Dansoning ushbu bahsdagi o‘yinini 8 ballga baholagan.

G‘alabadan so‘ng “Lans” ochkolarini 20 taga yetkazib, 6-o‘ringa ko‘tarildi. 18 ochkosi bor “Reyms” 9-pog‘onaga tushdi.

Yevropa Ligasi doirasida “Roma” “Tottenhem” mehmoni bo‘ldi. Uchrashuvda Angliya klubi hisobni ochdi va 90-daqiqagacha 2:1 hisobida oldinda borayotgan edi. Ammo Mats Hummelsning 90+1 daqiqada urgan goli uchrashuv durang bilan yakunlanishiga sababchi bo‘ldi. Yakuniy hisob — 2:2.

O‘zbekiston terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov qaydnomaga kiritilmadi.

Italiya klubi keyingi bahsni “Atalanta”ga qarshi o‘tkazadi. Rimdagi bahs 3 dekabrda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Legionerlar: Fayzullayev — eng yaxshi o‘yinchi, Husanovda g‘alaba, Shomurodov o‘ynamadi