
Butunjahon boks tashkiloti (WBO) noyabr oyi uchun reytingni yangiladi. Unga ko‘ra:
Super o‘rta vazndagi bokschimiz Isroil Madrimov ilk bor WBO reytingiga kirib, 10-o‘rinni egalladi. Olimjon Nazarov (50,8 kg) o‘tgan oydagidan 2 pog‘ona yuqorilab, 2-o‘ringa ko‘tarildi.
Muhammad Shexov (55,3 kg) oktyabrdagi kabi 5-o‘rnini saqlab qoldi. Shahram G‘iyosov (66,6 kg) hali ham vazn peshqadamligini hech kimga bermayapti. Bektemir Meliqo‘ziyev (76,2 kg) esa o‘tgan oydagidan 2 pog‘ona yuqorilab, 9-o‘rinni band etdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar